Ishbay ish haqi - ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir.
Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari
ish haqining tizimini tashkil qiladi.
To’g’ri ishbay tizimi – bunda ishlab chiqarish me‘yori qay darajada bajarilishidan qat‘iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi.
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me‘yor (darajasida) doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat miqyosi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif-malaka ma‘lumotnomalari – bu aniq ish bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari bo’lib, ular birinchi razryad va keyingi razryadlar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi.
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga
qo’shimcha haqlar belgilanadi.
Mamlakatimizda o’tgan 20 yil mobaynida har yili ish haqi miqdori ikki marta oshirib borildi. Xususan, 2006 yilning ohirida o’rtacha real oylik ish haqi 185 ming so’mni yoki 150 AQSH dollarini tashkil etgan edi, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1.5 barobar ko’paytirildi va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollarga teng bo’ldi, 2008 yilda 1,5 barobar oshirildi yoki 310 dollarga yetdi, 2009 yilda 1,4 barobarga oshirildi.
XULOSA Mamlakatimiz rahbari va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni modernizatsiyalashtirish tufayli iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlanmoqda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlanmoqda. Ammo bu degan so’z, tadbirkorlikni rivojlantirishda, ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida barcha muammolar bartaraf etildi, degani emas. Shu o’rinda ba’zi muammolarga to’xtalsak.
Birinchidan, respublikamiz viloyat va hududlarida sifatli xizmat ko’rsatishga qaratilgan kadrlar tayyorlanishi yaxshi yo’lga qo’yilgan emas. Mavjud oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining faoliyat ko’rsatishiga qaramasdan, xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlar malakasini oshiradigan, ularni qayta tayyorlaydigan o’quv muassasalari hamon yetarli emas. Tadqiqotimiz natijalari shuni ko’rsatdiki, xizmat sohasidagi tadbirkorlar qayerda nimani o’qishni bilmaydilar, hududlarda ularni o’qitadigan qisqa tayyorlov kurslari yetarli darajada tashkil qilinmagan. Faoliyat ko’rsatayotgan biznes maktablari va kasb-hunar kollejlarida alohida mutaxassislar (menejerlar, marketologlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar) emas, balki sohalar bo’yicha tadbirkorlarni, ya’ni uy xo’jaligi tadbirkori, fermer xo’jaligi tadbirkori, dehqon xo’jaligi tadbirkori, meva va sabzavotlarni qayta ishlash tadbirkori, xizmat sohasi tadbirkori kabilarni tayyorlash lozim. Bunday mutaxassislikni olgan yoshlar qayerga borishini, nima bilan shug’ullanishini yaxshi biladigan bo’lishlari kerak. Shuningdek, hozirgi xizmat ko’rsatish sohasiga o’rta ma’lumotli marketologlar emas, balki xizmatning ma’lum turi bilan mukammal shug’ullanadigan tadbirkorlar kerak. Ular tadbirkorlik sirlari bilan birga buxgalteriya hisobini, moliyaviy munosabatlarni, eng zarur bo’lgan huquqiy masalalarni ham bilishlari lozim.
Ikkinchidan, ko’plab xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari juda qisqa vaqt oralig’ida yopilib ketmoqda. Buning sabablari tadqiq qilinganida shunga amin bo’ldikki, ularning ko’pchiligi o’z haq-huquqlarini yaxshi 113 bilmaydilar. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlar hayotini tartibga soluvchi, tez-tez o’zgarib turayotgan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ularga yetkazish mexanizmini yaratish lozim. Ushbu muammoni hal etish yo’llaridan biri mazkur sohaga malakali advokatlik institutlari yoki masofadan o’qitish tizimini joriy etishdir.
Uchinchidan, hozirgi paytda mamlakatimiz hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan biznes maktablarida biznesmenlar emas, balki uning ayrim sohalari bilan shug’ullanadigan marketologlar, menejerlar, buxgalterlar, hatto huquqshunos kabi kadrlar tayyorlanmoqdaki, ular biznes maktabini tugatib, ishni nimadan boshlashni bilmaydilar. Chunki, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida bor-yo’g’i 3-5 kishi ishlasa, unga alohida buxgalter yoki marketolog kerak emas. Fikrimizcha, hududlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bo’yicha tadbirkorlik maktablarini ochish yoki ularni shu kasbga o’qitish maqsadga muvofiq.
To’rtinchidan, xizmat sohasidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy ta’minoti bilan bog’liq muammolar mavjud. Ushbu sohaga mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan 2006-yildan buyon tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar berib kelinmoqda, ammo bundan barcha xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bir xilda manfaatdor emaslar. Chunki, ayrim hududlarda tijorat banklari kredit berishni ko’p paysalga solganligi tufayli ba’zi tadbirkorlar ulardan bezib qolmoqda. Xizmat sohasi bilan shug’ullanadigan tadbirkorlarning kredit olishlariga to’sqinlik qilib turgan yana bir jihat xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining asosiy vositalarga ega emasligi yoki kredit uchun garov mulkining mavjud emasligi.