Ma’murjon Uzoqov hayoti Ma’murjon Uzoqov ijodidagi musiqalar



Yüklə 22,53 Kb.
səhifə1/2
tarix15.10.2023
ölçüsü22,53 Kb.
#130284
  1   2
Ma’murjon Uzoqov


Ma’murjon Uzoqov
Reja:

  1. Ma’murjon Uzoqov hayoti

  2. Ma’murjon Uzoqov ijodi

  3. Ma’murjon Uzoqov ijodidagi musiqalar

Ma’murjon Uzoqov (1904.20.4 Marg‘ilon — 1963.12.6) — O‘zbekiston xalq hofizi (1939). Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlar ta’sirida ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni, Jo‘raxon Sultoiovdan katta ashulaning murakkab yo‘llarini o‘zlashtirgan. 1922 — 25 y.lar Xudoybergan hofiz Maqsumov, 1926—32 y.lar Hasan qori, 1933— 62 y.lar Jo‘raxon Sultonov b-n hamnafaslikda kuylagan.


Dastlab xalq to‘y-sayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. Marg‘ilon teatrida xonanda (1937—39), Muqimiy teatrida [Tohir, Jarchi (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuhra») rollarini o‘ynagan] artist va xonanda (1939—50), O‘zbekiston radioqo‘mitasi (1950—52), O‘zbek davlat estradasi (1952—62)da yakkaxon xonanda.
Baland, shirador va o‘ta ta’sirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar («Ul kun jonon»,«Nasihat», «Keldim», «Jonon kelur»,«Ko‘zlaring», «Bayot», «Parvo etib ket»,«Qalam qoshing», «Aylading», «Yolg‘iz»,«Ko‘p erdi hasratim, jono», «Sayding qo‘yaber, sayyod»), bastakorlar asarlari (ayniqsa, M. Mirzayevning «Yakka bu Farg‘onada», «Surating», «Dog‘man», «Yor istab», «Bahor», «Qachon bo‘lg‘ay, kim»,«Bir kelib ketsin» kabi), mumtoz ashulalar («Feruz», «Mustahzod», «Bayot V») o‘rin olgan. Ma’murjon Uzoqov Farg‘ona xonandalik maktabi an’analarini davom ettirgan va o‘zbek musiqa madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan. Ijrolari O‘zbekiston radiosi jamg‘armasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni (2000) b-n taqdirlangan. Marg‘ilon ko‘chalardan biri, bolalar musiqa maktabi hamda shahar madaniyat va istirohat bog‘iga U. nomi berilgan. 1997 y.dan Marg‘ilonda Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Marg‘ilon hofizlar yurti… Bu maskan o‘zining boy tarixi, ajoyib va nozik ta’b odamlari, san’atkorlari bilan dovrug‘ topib kelayotgan obod va so‘lim shaharlardan biri hisoblanadi.
Hofizlik an’analari o‘z ildizlari bilan uzoq o‘tmishga borib taqalishining asosiy sabablaridan biri – san’atkorlar, xonandalar va sozandalar faoliyati bilan bog‘liqdir.
O‘tmishda yashab, ijod etgan aksariyat allomalar va ijodkorlarning musiqiy risolalari hamda adabiy merosida hofizlikning alohida e’tibor bilan yoritilganligining guvohi bo‘lamiz. Xususan, hofizlikning oddiy kasbiylik mahoratlaridan, toki falsafiy ma’nolar kasb etuvchi mohirlik darajasigacha bo‘lgan mezonlarini o‘ziga xos tarzda bayon etilganligini uchtarish mumkin. Bu xususda, Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azalda ham hofizlikning nechog‘liq badiiy obrazlari kuylanganligiga guvoh bo‘lamiz:
Chekti bulbul kebi ming ila doston hofiz,
Yo‘q aningdek yana bu davrda xushxon hofiz.
Hofiz bulbul kabi ming usulu lahn (kuy) bilan doston chekdi-kuyladi, bunday xushxon hofiz bu davrda boshqa yo‘q.
Ey Navoiy, dema lahnig‘a nedin bo‘lding sayd,
Xalq saydiga qoni uyla xush alxon hofiz.
Ey Navoiy, hofizning lahniga – kuylash va nafas olish san’atiga nedin asir (sayd) bo‘lding dema, xush alhon (kuylar) hofizi xalqni o‘ziga doim xuddi shunday asir ayladi. Bu g‘azal hofizlarning kishilar qalbiga qanchalik katta ruhiy ta’sir ko‘rsata olishi va, umuman olganda, har qanday matnni tabiiy ovoz vositasida ilohiy qiroat etish san’atidan hayratlanishi haqidagi asardir.
Ijrochilik amaliyotida xonandalar ko‘p, lekin, aynan, hofizlik an’analari talablariga mos keladiganlari sanoqlidir. Darhaqiqat, ular o‘zbek musiqa tarixi va nazariyasidan xabardor, ijroda mohir, bilimdon hamda o‘ziga xos munosib talqinga ega bo‘lgan san’atkorlardir.
Farg‘ona vodiysi xonandalik san’atida ham ana shunday xususiyatlar bilan shakllangan va ustozlik darajasiga erishgan namoyandalar ko‘p. Aynan, Marg‘ilon maskaniga tegishli, qolaversa, ularni biz bilgan manbalar va ustozlar ta’riflashlaricha quyidagi tartibda keltirish o‘rinlidir: Ashurali (Mahram), Usta Masaid, Qo‘ziboy (dutor), G‘ulomxon eshon, Madali hofiz, Sulaymon (buqoq), Yusufjon qiziq, Bolta hofiz, Mamatbuva Sattorov, Xudoyberdi hofiz (qirg‘iz-yozyovon) va ulardan keyin bevosita maktab davomchilari sifatida: Jo‘raxon Sultonov, Axror qori, Akbarali Haydarov, Hojimurod hofiz, Ma’murjon Uzoqov; keyingi avlod vakillaridan: Xolmatjon Qurbonov, Isoqjon Husanov, Musojon Oripov, Ibrohimjon Isoqov, Mamasiddiq Madaliyev va, ayni paytda, Iskandar Qalandarov, Turdali Sharipov, Qoraboy Qodirov, Nuriddinjon Mamajonov, Rustamjon Otaboyevlardir.
Yuqorida takidlaganimizdek, ijro maktablarining shakllanishida ham ijro talqini nuqtai-nazaridan ikki ijroviy omil muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning birinchisi, makon bilan bog‘liq ijro maktabi bo‘lsa; ikkinchisi, shu ijro maktabida tarbiyalanib, shakllangan va keyinchalik alohida ijroviy jihatlar bilan sug‘orilgan shaxsiy uslublar hisoblanadi. Odatga ko‘ra, mumtozlik darajasiga erishgan ijro uslubi, makon bilan maktabni tashkil etadi. Shaxsiy uslublar esa, mumtoz yo‘llarga mansub va undan yengilroq bo‘lgan musiqiy yo‘llar asosida yuzaga keladi. Bu borada, Farg‘ona vodiysi – juda ko‘p hofizlarga boy makon hisoblanadi. O‘z vaqtida hofizlarning o‘zaro munosabatlari va bir-birlariga o‘tkazgan ta’sirlari, taqlidlari, shaxsiy uslubning takomillashishiga yoki makon maktablari mukammallashishiga asos bo‘lgan.
Ma’lumki, bir xonandani, ya’ni, hofizni talab darajasida yetuk qilib tarbiyalash, ustozdan juda nozik va mashaqqatli uzoq mehnatni talab etadi. Qolaversa, ushbu maktablarda tarbiyalanib, voyaga yetgan hofizu san’atkorlar ham juda ko‘p.
Biz tasavvur etib, bilgan davrlardan boshlab, o‘zining shaxsiy ijrosi bilan muayyan maktab asoschilaridan bo‘lgan: Bolta hofiz, Madali hofiz, Mamadbuva Sattorov bo‘lsalar; Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Hojimurod Muhammedov va boshqa o‘nlab hofizlar bu maktabda tarbiyalanib, ularning ijro yo‘llarini davom ettirganlar. Yuqorida qayd etganimizdek hofizlik maktabida xonandani tarbiyalash ustozdan katta mehnatni talab etadi. Hamma qilinayotgan mehnat yoki bajarilishi niyat etib qo‘yilgan vazifalar, xonandaning ijro imkoniyatlari darajasini kengaytirish va mahoratini oshirishdan iboratdir. Bunda, asosan, ovoz imkoniyatlarini o‘stirish (eng avvalo, ovoz tarannumidagi malaka bo‘lsa, uning tarkibiga ovoz diapazoni, uning tembri, ya’ni, tus, uning jarangdorligi, ya’ni, o‘suvchanligi, talaffuzning ravonligi, nafas olish tartibi, nafasni ishlatishda nag‘maning tiniqligi, nafasning uzunligi va tayanchining chuqurligi) nazarda tutilgan. Albatta, bu jarayon ashulaning og‘ir va yengilligiga qarab, nafas hajmi, xonanda ovozining pastki registr va yuqori pardalarda kuylashdagi imkoniyat hajmi va hokazo ijroviy unsurlarni qamrab oladi.
Har bir hofiz uchun o‘z fikrlarini ashula so‘zlarining ma’nosiga qarab ifodalay olishi juda muhim omil hisoblanadi. Bunda, hajm qancha keng bo‘lsa, imkoniyat ham shunga yarasha oshib boradi. Marg‘ilon xonandalik maktabi namoyandalarida ovoz imkoniyatlari va diapozoni juda keng bo‘lib, pastki kichik oktava sol(g) notasidan uchinchi oktava mi(e), fa(f) pardalarigacha yetib boradi. Ya’ni, har qanday mumtoz ashulani maqomiga mos holda ijro etish uchun yetarli imkoniyatlarni qamrab olgan. Eng muhimi shundaki, an’anaviy mumtoz musiqa ijrochiligi san’atida, ustoz-shogird qabilida voyaga yetgan har qanday san’atkorning ovoz imkoniyatlari va uni ijroda qo‘llash mahorati professional qoidalarga mos holda kamol topganligidir. Chunki, xonishda ijro madaniyati, ijro texnikasi, ijro mahorati kabi ovoz talqini bilan bog‘liq umumbashariy qoidalarning barcha millat xonandalariga xosligini qayd etib o‘tish joizdir. Bu amaliyotda ko‘pchilik xonandalarimizning dunyo bo‘ylab o‘zbek musiqa merosini targ‘ib etishlari jarayonida namoyon etilgan. Jumladan, 1976-1982 yillarda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida Yevropa klassik vokal maktabidan ta’lim bergan taniqli san’at arbobi G.A. Xramov shunday bir xotirasini aytgan edi: “Bizlarni, hamda ko‘p ashulachilarni o‘sha davrda Moskvaga malaka oshirish uchun yuborishgan. Oramizda Ma’murjon Uzoqov ham bor edi. Hammamizning ovozlarimizni navbatma-navbat tekshirib, gal Ma’murjon Uzoqovga kelganda, ular: “Sening ovozing mukammal ekan, bu yerda shug‘ullanishing majburiy emas, agar xohlasang, hozir senga malaka oshirdi deb hujjat berishimiz mumkin, ovozingga ehtiyot bo‘l, bunday ovoz kamdan-kam uchraydi”.
Mutaxassisning ushbu fikridan anglash lozimki, Marg‘ilon hofizlik maktabi, jahon vokal ijrochiligi, ya’ni, “Belcanto” ijrochilik maktabi darajasiga, shubhasiz mos. Bizga ma’lum bo‘lmagan qadimiy vaqtlardan boshlab, bu maktabga asos solingan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, biz musiqashunos o‘qituvchilarning oldimizdagi vazifamiz, yetishib kelayotgan yosh xonanda – talabalarga nafaqat Marg‘ilon hofizlik san’ati maktabi to‘g‘risida, balki, mamlakatimizdagi boshqa hofizlik san’ati maktablari haqida ham atroflicha ma’lumot berib, bu maktablar uslublaridan hozirgi zamon talablariga mos unumli foydalanishni o‘rgatishdir.
Istiqlol tufayli milliy meros va milliy madaniyatga bo‘lgan munosabatlar tubdan o‘zgardi. Asrlar mobaynida yaratilgan milliy qadriyatlarimiz qaytadan tiklanib, zamonaviy turmush tarzimizda o‘zining munosib o‘rnini egallab, o‘zligimizni anglashga katta xizmat qilmoqda. Zotan, Yurtboshimiz to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”. Zero, hofizlik san’ati xalq ma’naviyatining ko‘zgusi, hayotining in’ikosi va ruhiyatining asosidir. Shuning uchun ham ajdodlar an’anasini anglash, tarixni yaxshi bilish va uni puxta o‘rganib, kelajak avlodga qoldirish har bir shaxsning muqaddas burchidir.

Ma’murjon Uzoqov xushovoz xonanda, xalq hofizidir. U juda erta qo‘shiq aytishga mehr qo‘ygan va avval Mamatbobo va Boltaboy hofizlardan ashula aytishni, Hasan qoridan dutor chalish va yalla aytishni, murakkab ijro uslublarini, katta ashulalar aytishning o‘ziga xos qiyinchiliklari va nozik sirlarini o‘rganib, ko‘p yillar samarali ijod etib, katta hofizlar bilan hamnafas bo‘lib qo‘shiqlar aytdi.
Xushovoz xonanda, xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov 1904 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan.
1922—1925 yillarda Xudoybergan hofiz, 1926— 1932 yillarda Hasan qori, 1933—1962 yillarda Jo‘raxon Sultonovlar bilan ko‘plab mumtoz, xalq va zamonaviy ashulalarni aytdi.
M. Uzoqov dastlab «choyxonalar»da berilgan kontsertlarda qatnashib, 30-yillarda Marg‘ilon teatrida xonanda sifatida faoliyat ko‘rsatdi va qo‘shiqchilikda o‘z o‘rnini topa boshlagach, Toshkentga kelib, 1940—1950 yillarda Muqimiy nomidagi teatrda artist va xonanda bo‘lib ishladi, ba’zi spektakllarda esa rollar ijro etdi.
S. Abdulla va T. Jalilovning «Tohir va Zuhra» spektaklidagi Tohir roli shular sirasiga kiradi. Lekin M. Uzoqov xalq hofizi sifatida tan olingan, tabiatan sahna uchun emas, ashula uchun tug‘ilgan san’atkor edi.
U 1952—1962 yillarda O‘zbekiston Radiosida xonanda, O‘zbek Davlat estradasida solist sifatida faoliyat ko‘rsatib, Respublikamiz va uning tashqarisida bo‘lgan katta madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
Muqimiy, Furqat, Hamza, Habibiy, S. Abdulla she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar uning repertuaridan mustahkam o‘rin oldi. Ayniqsa, u aytgan «Ko‘zlaring», «Sayding qo‘yaber sayyod», «Keldim», «Shaydo bo‘libman», «Mustahzod», «Sho‘x jononim mening», «Nasihat», «Parvo etib ket», «Ayrilmasin», «Ko‘zim shahloga tushdi», «Qachon bo‘lg‘aykim», «Tomon keladur», «Dog‘man» kabi xalq qo‘shiqlarini, katta ashulalarni, yallalarni qo‘shiq muxlislari maroq bilan tinglab, estetik zavq oldilar.
Shuningdek, M. Mirzayev kuy bastalagan «Yakka bu Farg‘onada», «Surating» (Muqimiy), «Nur istab», «Qachon bo‘lg‘aykim» (Furqat), «Bir kelib ketsun» (Hamza) kabi nodir qo‘shiqlar ham uning ijodida muhim o‘rin tutadi.
M. Uzoqovning ijodiy mehnati munosib taqdirlandi.
1939 yilda unga «O‘zbekiston xalq hofizi» unvoni berildi. U 1963 yilda Marg‘ilonda qo‘shiq ayta turib jon berdi.
Ko‘p hofiz va xonandalar xalq qo‘shiqlarini, yallalarni, ayniqsa, katta ashula aytishdagi uning an’analarini davom ettirmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun M. Uzoqov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.



Yüklə 22,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin