2. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning har bir nutq va ma’ruzalari, maqola va chiqishlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu borada yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ma’naviy muammolarning muayyan qirralarini o‘rganish, tadqiq va tahlil etishga bag‘ishlab, bir qancha ilmiy, ommabop kitob va risolalar, maqolalar yozildi va yaratilmoqda. Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroqdir. Milliy ma’naviyatni tiklash va yuksaltirishda uning ijtimoiy taraqqiyot muayyan davriga xos muammolarini tadqiq etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy jarayonlar taraqqiyoti jarayonida milliy ma’naviyat yuksala bordi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy hodisalar bilan ma’naviyat chambarchas bog‘liqdir. O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi nazariy fikrlari ilmiy qiziqish uyg‘otadi: «Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lida muvaffaqiyatni olg‘a siljishida hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir1 . Xalqimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi ma’naviy-ruhiy jonlanish, mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirishga yoppasiga ongli ravishda safarbar bo‘lgani milliy ma’naviyatning yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Aql-idrokli, fahm-farosatli har bir odam insoniyat, tabiat, hayvonot, qushlar olamidan, xullas, barcha narsadan o‘ziga tegishli saboq oladi. O‘zbeklar tarixdan dono, zukko, ma’naviy jihatdan yuksak xalqdir. Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, bozor iqtisodiyoti va boshqa sohalar bo‘yicha tegishli ma’naviy saboqlar olganligi aniq va ravshan haqiqatdir. Darhaqiqat, faqat ma’naviy erkin ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Islohotlar jarayonida erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar ma’naviyat ozodligi va erkinligining tantanasi tufaylidir. Shuning uchun o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini yuksaltirish masalasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masala qilib qo‘yildi. Shu savollarga aniq javob topish va bu sohadagi masalalarni tadbiq etish islohotlar jarayonida muhim va dolzarb muammodir. O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan «ma’naviyat» so‘zi bilan aloqadorlikda bo‘lgan «ma’naviy taraqqiyot», «ma’naviy borliq», «ma’naviyatsizlik», «ma’naviy uyg‘onish», «ma’naviy poklanish», «mustaqillikning ma’naviy asoslari» kabi so‘z va so‘z birikmalari tez-tez ishlatila boshladi. Garchi «ma’naviyat» atamasi rasmiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, matbuotda ko‘proq ishlatilayotgan bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifatida etarli darajada tadqiq qilinmagan va ochib berilmagan. Yaqin o‘tmishda turli xil falsafiy lug‘atlarda bu so‘zga hatto joy ham topilmagan. Moskvada 1983 yil nashr qilingan «Falsafiy ensiklopediya slovari»da ham bu haqda so‘z yuritilmagan. Ayni paytda ma’naviyat va undan kelib chiqqan birikmalardan foydalanish doirasining kengayishi uning lug‘aviy va atama sifatida mazmunining tez boyib borishiga imkon yaratdi. Bu ma’naviyatni mustaqil ilmiy tushuncha sifatida va uning «ma’naviyat», «ong», «tafakkur», «dunyoqarash» kabi tushunchalar bilan o‘zaro aloqasi shuningdek, badiiy, siyosiy, ahloqiy qadriyatlar tizimidagi o‘rnini o‘rganish va ular o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ma’lumki, ma’naviyat so‘zi rus tiliga «duxovnost» deb tarjima qilinadi. Lekin ma’naviyat rus tilidagi «duxovnost»ga nisbatan kengroq, ko‘p qirrali mazmunga ega. Uning tushuncha sifatida qator tarixiy davrlar mobaynida shakllanishiga islom falsafasi, kalom ilmi, so‘ngroq tasavvuf o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovet davrida «ma’naviyat» - «duxovnost» so‘zlari moddiy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ahloqiy, diniy normalar, e’tiqod, qarashlar va amaliyotni, inson va jamiyatning aqliy faoliyati natijalarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Madaniyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati
"Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha- madinalik, yaniy shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi.
Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.
Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan.
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil.
Dostları ilə paylaş: |