45
taxlil etishda muallifning shaxsiy xislatlari va dunyoqarashi va siyosiy qiyofasi
o‘z aksini topadi. Esdaliklarning yana bir xususiyati bu ularning ko‘p xollarda bir
yoqlamaligidir. Bu hol ko‘pincha muallifning egallab turgan vazifasi, mansabi va
tasvirlanayotgan voqealar aloqadorligiga bog‘liqdir.
Esdaliklar mualliflari
ko‘pincha voqealarni to‘g‘ri bayon etmaydi. Esdaliklarda ba’zi voqea
xodisalarning qasddan «unitib qolishi» yoki mavjud bo‘lmagan faktlar «esga
tushishi» extimoldan xoli emas. Ayrim mualliflar o‘tmish voqealarga yangicha
yondashishni istamaydilar. (Komil YAshinning «YOdnoma»),
boshqalari esa
o‘tmishni modernizatsiya (yangilash) qilishga urinadilar. SHu boisdan tadqiqotchi
esdaliklarda bayon etgan mateiallarni sinchkovlik bilan taxlil etishlari kerak.
Memuar manbalarning yana bir turi kundaliklardir. Kundalik deganda biz
voqealar jarayonida muallifning o‘z fikr muloxazalarini yozib borishini
tushunamiz. Taasurotlar doirasi ko‘pincha muallifning ko‘rgan-kechirganlari bilan
cheklanadi. Kundalik yozuvlarda ko‘pincha zamondosh
shaxslarning jonli va
yorqinli qiyofalar gavdalanadi. Mazkur manba muallifning ichki dunyosini bilib
olish imkoniyatini beradi, voqealar bayoniga jonli tus beradi.
Lekin shuni ham
ta’kidlab o‘tish kerakki, bu davrda O‘zbekistonda kundaliklar yozish keng
tarqalmagan edi.
Xatlar (maktublar) ham memuar manbalar qatoriga kiradi. Ularning kundalik
bilan o‘xshash tomoni ko‘p. Maktublar, asosan voqealar jarayonida yoziladi. Ular
odamlarning o‘zaro muloqot qilish vositasidir. Xatlar odatda kundaliklagar
nisbatan kengroq funksiyalarni bajaradi. SHaxsiy
muqotaba orqali odamlar
ma’lum masalalar bo‘yicha fikr almashib oladilar. Xatlarni o‘qiganimizda ko‘p
voqealardan xabardor bo‘lamiz. Muallifning qiyofasi va dunyoqarashi ko‘z
o‘ngimizda qiyofalanadi. Masalan, II-jaxon urushi frontlaridan janchilarimiz
yo‘llagan maktublarda urushning dahshatli manzaralari,
soldat va ofitserlarning
og‘ir turmushi o‘z aksini topgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sovet davri tarixi bo‘yicha nixoyatda boy
va xilma-xil manbalar mavjuddir. Bu manbalarning ko‘pi sotsialistik mafkura ruxi
bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsada, ularni tanqidiy ruxda tahlil etish bu davr tarixining real
manzarasini yaratish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: