Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 


46 
Mavzu-8: 
O‘ZBEKISTONNING MUSTAQIL TARAQQIYOTI 
YILLARIDAGI TARIXIGA OID MANBALAR. TARIXIY MANBALARNI 
TO’PLASH VA SAQLASH

Reja: 
1.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov asaralari mustaqil O’zbekiston tarixi 
bo’yicha asosiy manba
2.
O‘zbekiston Respublakasi oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
hujjatlari
3.
Mustaqillik davriga oid turli hujjatlar.
O‘zbekiston respublikasi oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
xujjatlari.
1991 yil 31 avgustda o‘zbek xalqining asriy orzusi ushaldi. O‘zbekiston 
mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Utgan 16 yil davomida respublikamiz asrlarga 
teng bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Mamlakatimizda chuqur siyosiy va iqtisodiy 
isloxotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik jamiyat va xuquqiy davlat barpo etish xaqida dadil qadam 
tashlamoqda. O‘zbekiston xalqaro jamiyat tamonidan to‘la tan olinib BMT ning 
teng xuquqli a’zosi bo‘ldi. 
O‘zbekistonning mustaqillik davrida bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq 
etish ilmiy axamiyatga egadir. Bu davr tarixi xilma-xil manbalarda o‘z aksini 
topdi. Ular orasida davlatimizning oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
xujjatlari birinchi darajadagi manbalar qatoriga kiradi. 1990 yilda saylangan 
O‘zbekiston parlamenti-Oliy Kengash mustaqilligimizning dastlabki yillarida 
(1991-1994 yillar) ham faoliyat ko‘rsatdi. XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy 
Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 
asoslari» to‘g‘risidagi tarixiy qonun qabul qilindi. Oliy Kengash o‘z faoliyati 
davomida ______ dan ortiq qonunlar qabul qildi va mustaqil davlatimiz 
faoliyatining xuquqiy asoslarini yaratdi. 
1994 yilda saylangan yangi parlament I chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlis, 1999 
yilda saylangan II chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi va 2005 yildan faoliyatini 
boshlagan ikki palatali parlament mustaqil davlatimiz uchun zarur bo‘lgan qator 
qonun va qarorlarni qabul qildi va amalga oshirilayotgan isloxotlarni xuquqiy 
negizini yaratish borasida ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Bular orasida 1992 yil 8 
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi katta 
axamiyatga egadir. Konstitutsiyasida yangi davlatimizning siyosiy, iqtisodiy 
tizimi, tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z aksini topdi. Oliy Kengash va 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar muxim tarixiy 
manbalar bo‘lib, ularda mustaqillik davrida amalga oshirilgan ichki va tashki 
siyosatning asosiy mazmuni o‘z ifodasni topgan. Mustaqil davlatimizning ikki 
palatali parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarni ijro etuvchi oliy 
organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasidir. 


47 
Respublika Prezidentining farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari 
O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘zida aks 
ettirgan muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Mustaqillik davri tarixini 
o‘rganishda ulardan foydalanish zarurdir.
Respublika oliy qonun chiqaruvchi va ijroya organlari xujjatlari o‘z vaqtida 
matbuot saxifalarida, qisman bo‘lsada, nashr qilingan. Bu xujjatlarning asl 
nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivida saqlanadi. 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin