Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
 
 


10 
MAVZU-2: 
O’RTA OSIYO TARIXIGA OID QADIMGI VA ILK O’RTA 
ASR YOZMA MANBALARI(Arab yozuvigacha). 
Reja
1.
Qadimgi Eron manbalari. “Avesto”. 
2.
Antik va Xitoy manbalari. 
3.
Ilk o’rta asr yozma manbalari.
Qadimgi Eron manbalari. «Avesto»
. O‘rta Osiyoda yashagan eng qadimgi 
xalqlar haqida ma’lumot beruvchi ilk yozma manbalar qatoriga qadimgi Eron 
epigrafik yodgorliklari kiradi. Epigrafik manbalar deganda toshga, qoyalarga sopol 
va yog‘ochga o‘yib yozilgan matnlar tushiniladi. Eng qadimgi ajdodlarimiz 
to‘g‘risida ma’lumot beruvchi dastlabki epigrafik yodgorlik Behiustun yozuvi 
hisoblanadi. Behiustun yozuvi SHimoliy Eronda, Kirmonshoh shahridan 30 km 
masofada, Zagros tog‘idagi tik qoyaga o‘yib yozilgan. Uning uzunligi 22 metr, 
balandligi esa 7,8 metrni tashkil etadi. YOzuv qadimgi fors, elam va bobil tillarida 
bitilgan. Behiustun yozuvi boshqa ma’lumotlar qatorida O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, 
ularning ozodlik kurashi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. YOzuv Doro I 
hukmronligi davrida O‘rta Osiyo aholisi Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi 
va ajnabiy bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilganligi haqida axborot beradi. 
«Men Bobilda bo‘lganligimda, deyiladi Behiustun yozuvida Doro I nomidan, - 
mening davlatimdan Parfiya, Marg‘iyona, Skifiya mamlakatlari ajralib chiqdilar. 
Marg‘iyonada bu erlik Frada ismli kishi hukmdor deb e’lon qilindi. Men o‘zimning 
Baqtriyadagi satrapim fors Dadarshishga buyurdim: «Borgin va meni tan 
olmayotgan qo‘shinni tor-mor qilgin». Dadarshish qo‘shinlari bilan borib, 
marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda meni qo‘lladi. Axuramazdaning 
irodasi bilan mening lashkarim isyonchilarni mag‘lub etdi. Bu jang Assidia 
oyining 23 kunida (ya’ni, miloddan avvalgi 521 yilning 10 dekabrida) sodir bo‘ldi. 
SHundan so‘ng bu mamlakat menga bo‘ysundi».
Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon shavqatsizlik bilan bostirildi. Behiustun yozuvida 
aytilishicha, 55 ming isyonchi qatl etildi. Bu raqam bir muncha oshirilgan bo‘lishi 
mumkin, lekin bundan qat’iy nazar bu fakt Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olonning 
ko‘lami keng bo‘lganligidan dalolat beradi.
Behiustun yozuvida Doro I ning Orol bo‘ylarida yashagan saklar va massagetlar 
diyoriga qilgan yurishi haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Doro I maqtanib
saklarni tor-mor etilganligi va ularning boshlig‘i Skunxani asir etib, uning o‘rniga 
boshqa odamni ularga boshliq etib ta’minlanganligini ta’kidlaydi. Doro I 
saklarning mardonovar qarshiligi oqibatida ularning raxbarini almashtirib, o‘z 
yurtiga qaytib ketganligi ehtimolidan holi emas.
Epigrafik manbalarning yana bir guruhi – bu sopolga o‘yib yozilgan yozma 
yodgorliklardir. Qadimgi Eronning poytaxt shaharlaridan biri bo‘lgan Persopoldan 
topilgan sopoldagi yozuv o‘z mazmuni jihatidan Behiustun yozuviga yaqindir. 
Unda Doro I o‘zi bosib olgan mamlakatlarni sanab o‘tadi. Mazkur katibada 
Parfiya, Ariya, So‘g‘diyona, Xorazm va saklar mamlakati unga o‘lpon to‘laganligi 
qayd etiladi. Persopoldan topilgan boshqa bir yodgorlik miloddan oldingi 486-480 


11 
yillarga mansub bo‘lib, Doro I nomidan undan keyin hukmronlik qilgan Kserks 
buyrug‘i bilan bitilgan bu sopol yozuvda ham yuqorida sanab o‘tilgan O‘rta Osiyo 
viloyatlari Eronga bo‘ysunganligi qayd etiladi. Mazkur katibaning ahamiyati 
shundaki, Kserks davrida amalga oshirilgan diniy islohat unda o‘z aksini topgan. 
Kserks o‘ziga bo‘ysungan ayrim mamlakatlarda odamlar devlarga sig‘inganligini 
ta’kidlaydi. «Men, - deb yozadi u, - devlar makonlarini buzib tashladim va aytdim: 
«Devlarga sig‘inmanglar». SHundan so‘ng Eron davlatining barcha viloyatlarida 
Ahuramazdaga sig‘inish joriy etildi.
Doro I ning Suza shahri xarobalaridan topilgan yana bir mixxat yozuvi bu erda 
uning farmoni bilan bunyod etilgan sayro qurilish haqida ma’lumot beradi. Bu 
saroyni bezash uchun Baqtriyadan oltin, So‘g‘ddan tovlanib turadigan toshlar 
(samotsveto‘), qizil va qishg‘ish rangdagi toshlar, lazur, serdolik, Xorazmdan esa 
to‘q ko‘k tovlanuvchi toshlar, feruza (biryuza) olib keltirilganligi ta’kidlangan. 
Demak, o‘sha davrda O‘rta Osiyoda ko‘rsatib o‘tilgan qimmatbaho toshlar va oltin 
konlari mavjud ekan. Eronlik bosqinchilar esa bu konlardan foydalanganlar.
Diqqatga sazovar bo‘lgan yana bir epigrafik yodgorlik boshqa tarixiy davr
ya’ni Sosoniylar hukmronligi davriga oiddir. SHopur I ning buyrug‘i bilan 
«Zardusht ka’basi» deb atalgan joyda qoyaga o‘yib yozilgan bu yodgorlikda o‘sha 
paytda Eronga bo‘ysundirilgan mamlakatlar sanab o‘tiladi. Ular qatorida Kash 
(Kesh, Qashg‘ar), Turon, So‘g‘d kabi viloyatlar tilga olinadi. SHopur davlati 
chegaralari SHoshgacha cho‘zilganligi qayd etiladi. Demak, SHosh Sosoniylarga 
bo‘ysunmagan va o‘z mustaqilligini saqlab qolgan.
SHu tariqa, Eron epigrafik yodgorliklar Vatanimizning eng qadimgi tarixiga oid 
oz bo‘lsada, nihoyatda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu katibalarda Eron 
shoxlarining takabburligi sezilib tursada, lekin ularda keltirilgan ma’lumotlarning 
to‘g‘riligi va ishonarligi shubhasizdir.
Eng qadimgi tariximizga doir manbalardan yana bittasi zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi «Avesto»dir. Bu kitobda O‘rta Osiyoning qadimgi eroniyzabon 
xalqlarining turmushi, ijtimoiy tuzumi va ma’naviy dunyosi xaqida turfa 
ma’lumotlar olish mumkin.
«Avesto»ning vujudga kelish davri xaqida ilmiy adabiyotlarda turli nuqtai 
nazarlar bayon qilingan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu kitob miloddan avvalgi VII 
asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davr ichida tadrijan yaratilganligini 
ta’kidlaydilar. 
«Avesto»ning 
qaerda 
yaratilganligi 
xanuzgacha 
jahon 
eronshunoslari o‘rtasida tortishuvlarga asos bo‘lib kelmoqda. Uzoq vaqtlar bu 
dinning payg‘ambari Zardusht Ozarbayjonda yashagan Safid Tuman degan 
kishining farzandidir, deydi. Biroq, keyingi jiddiy tadqiqotlar bu hususda 
boshqacha 
hulosalar 
chiqarish 
imkoniyatini 
beradi. 
Zardusht 
yaratgan 
madhiyalarning mazmuni va tili hisobiga olinadigan bo‘lsa, bu asar O‘rta Osiyo 
hududlarida yaratilgan, degan fikr tug‘iladi. Bunga «Avesto»ning o‘zidan ham 
dalillar topish mumkin. Masalan, «Avesto»da Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini 
boshlagan diyorning tasviri beriladi: «bu shunday diyorki, deyiladi «Avesto»da, u 
erda o‘tloqlar va suvga serob baland tog‘lar chorvachilik uchun zarur barcha 
narsani etkazib turadi. U erda chuqur ko‘llar bor, u erda kemalar qatnaydigan keng 


12 
daryolar o‘z to‘lqinli suvlarini shiddat bilan Ishkat va Porut, Mour, Xareva, 
So‘g‘dning Gav viloyati va Kayrizem mamlakatiga eltadi». YUqorida keltirilgan 
parchani tahlil etib, «kemalar qatnaydigan daryolar» Amudaryo va Sirdaryo, Mour-
Marv, Xareva-Ariya, ya’ni Xirot, Kayrizem - hozirgi Xorazm, deb tahmin qilish 
mumkin.
"Avesto" so‘zining etimologik mazmuni hususida ham turlicha nuqtai nazarlar 
mavjud. Ko‘pchilik olimlar bu so‘z qadimgi fors so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy 
ma’nosi «asos», «poydevor» ekanligini ta’kidlaydilar.
"Avesto" bilan bir qatorda "Zand-Avesto" kitobi ham mavjud. «Zand» 
tushunchasi «tafsir», «sharx» degan ma’noni bildiradi. SHunday qilib, «Zand-
Avesto» – "Avesto" ning sharxi, unga yozilgan tafsirdir.
"Avesto" to‘liq saqlanmagan. "Avesto" ni Kayonin hukmdorlaridan Gishtasp 
(Vishtasp) zamonida kitob holatiga keltirilgan. Lekin keyingi jangu jadallar 
jarayonida uning nushalari yo‘q bo‘lib ketgan. Asarning saqlanib qolgan qismlarini 
kitob holiga keltirish Sosoniylar davrida davom ettiriladi. SHopur II davrida (IV 
asr) "Avesto" to‘la tartibga keltirildi. SHarx va izohlar bilan boyitildi («Zand-
Avesto») va paxlaviy tiliga tarjima qilindi. Lekin arablar istilosi davrida "Avesto" 
va «Zand-Avesto»ning ko‘p qismlari yana yo‘qotildi. Hozirgi kunda "Avesto" 
bizga qisman etib kelgan, xolos.
"Avesto" asosan to‘rt qismdan iborat: YAsna, YAsht, Vispered va Vendidod. 
Bu muqaddas kitob O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy dunyosi, ulardagi ijtimoiy 
munosabatlar, ho‘jalik xayoti, turmush tarzi to‘g‘risida qimmatli ma’ulmotlar 
beradi. "Avesto" jahondagi ko‘pgina tillarga, shu jumladan o‘zbek tiliga xam 
tarjima qilingan.

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin