Manbashunoslik va tarixshunoslik


Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar
.


25 
XI asrning yirik tilshunos olimlaridan biri Maxmud Qoshg‘ariydir. Uning 
«Devoni lugatit at-turk » asari turkiy xalqlarning tili, shevalari, shuningdek 
ularning etnik tarkibini o‘rganishda muxim manba xisoblanadi. «Lugat»ning tarix 
fani uchun axamiyati shundaki, unda turkiy qabilalar-bijanak, qipchok, ukuz, 
boshqird, yabogu, tatar, qirg‘iz, chigil, yagmo, uyg‘ur va boshqalarning turar-
joylari xamda ijtimoii-siyosiy xayotda tutgan o‘rni atroflicha ko‘rsatib berilgan. 
Asarda turklarning madaniy-maishiy, iqtisodiy xayotiga doir juda ko‘p 
ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning 
qanday bezangani, xalkning urf odatlari, bolalarning uyinlari to‘g‘risidagi 
malumotlarni olish mumkin. Asarda turklarning kasbu-kori, taomlari, xar-xil 
ichimliklar tayyorlash texnologiyasi, tabobatchilikka doir materiallari xam bor. 
Xullas. "Devonu lugat at-turk" boy etnografik ma’lumotlari bilan tarixchilarning 
e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. 
Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam’oniy (XII asr) mashxur Marvlik 
olimlar sulolasiga mansubdir. Sam’oniyning bizgacha etib kelgan asarlaridan 
"Kitob al-Ansob" aloxida o‘rin tutadi. Bu asarda O‘rta Osiyoning tarixi, 
madaniyati va tarixiy geografiyasiga oid muxim va qiziqarli faktlar keltiriladi. 
Kitobda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarda, 
ko‘proq Eron va Movarounnaxrda o‘tgan mashxur kishilar to‘g‘risida ma’lumotlar 
beriladi. 
O‘rta Osiyoning IX-XP asrlardagi siyosiy tarixi va madaniy xayotiga oid 
manbalardan biri Nizomi Aruzi Samarqandiyning "Majma’ an-navodir" yoki 
"CHaxor makola" nomli asaridir. "CHaxor makola"da muallif oldingi davrlarda 
o‘tgan va o‘ziga zamondosh bo‘lgan ko‘plab olimlar, shoirlar va tarixnafislar 
xaqida baxs yuritiladi. Asarda Firdavsiy, Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino va 
boshqa mashxur kishilar xaqida ma’lumot beriladi. 
XI-XP asr yirik qomusiy olimlaridan biri Najmuddin Umar ibn Muxammad 
an-Nasafiydir. U Fikx, xadis, tafsir, adabiyot, til, tarix va boshqa soxalarga oid 100 
ga yaqin asar yozgan. An-Nasafiyning muxim asarlaridan biri "Kitob al-kand fi 
zikri Ulamoyi Samarqand" xisoblanadi. Asarning asl arabcha matni yaqin 
kunlargacha bizgacha etib kelingan deb xisoblanar edi. Asarning qisqartirilgan 
forscha tarjimasi va taxriri ("Kandiyai-kurd") ma’lum edi. Bir necha yil oldin an-
Nasafiy kitobining asl nusxasi topilganligi va Saudiya Arabistonida shu erlik 
vatandoshimiz Nazar Muxammad al-Farobiy tomonidan nashr etilganligi ma’lum 
bo‘ldi. "Kitob al-kand"da o‘rta asrlarda Samarqandda yashagan mingdan ortiq 
diniy va dunyoviy olimlar xaqida ma’lumotlar beriladi. 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin