Manbashunoslik va tarixshunoslik


Temur va Temuriylar davri tarixiga oid Evropa manbalari



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
Temur va Temuriylar davri tarixiga oid Evropa manbalari.
XV asrning oxirlarida Evropa davlatlari tang axvolga tushib qoldilar. 
Usmoniy turklar davlatining tazyiqiga etarli darajada javob qaytara olmagan 
Evropa qirollari va Rim papasi najot istab, o‘z nigoxlarini SHarqqa, Amir Temurga 
qaratdilar. Ana shunday sharoitda Evropada Temur shaxsiga qiziqish ortib bordi. 
Temur bilan muloqotda bo‘lgan elchilar, uning xarbiy kishilarini guvoxi bo‘lgan 


26 
sayyox va savdogarlarning Temur xaqidagi kitoblari Evropaliklarda katta qiziqish 
o‘yg‘otdi.
Rim papasi va Franiiya qirolining Amir Temur xuzuriga yuborgan elchisi 
Ioann Grinlo (1401 yil avgust) Amir Temur suxbatlarida ko‘p marta ishtirok etgan. 
Uning saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bu xaqda asar yozgan birinchi 
evropalik muallif bo‘ladi. Uning asari "Temur va uning saroyiga oid xotiralar" deb 
ataladi. Monax va elchi Ioann Grinloning asari fransuz va lotin tillarida yozilgan 
bo‘lib, 23 bobdan iboratdir. Muallif Temurning xayoti va faoliyati xaqida imkon 
qadar batafsilrok ma’lumot berishga xarakat qilgan. 
Amir Temur va uning yurishlari xaqida italiyalik tujjorlar Paole Zane, 
Beltramus de Mignanelli va Emmanuil Paole xamda ispan elchisi Rui Gonsales de 
Klavixo, asirga tushgan nemis askari Iogannes SHiltberger va boshqalar xam o‘z 
xotiralarini yozib qoldirganlar. 
Emmanuil Paole arab tilini mukammal bilgan. 22 yil moboynida Misr 
mamluqlari orasida yashagan xamda Misr sultoni Farajning yaqin kishisi bo‘lgan. 
U Amir Temurning Damashq yurishiga oid ma’lumotlar to‘plagan. Uning Amir 
Temur xaqidagi ma’lumotlari Venetsiya arxivida saqlanmoqda va xozirgi kunga 
qadar nashr qilinmagan. 
Paole Zane esa 1400 yilla Venetsiyaning Damashqdagi konsuli bo‘lgan. U 
Venetsiya senatining topshirig‘iga muvofiq Amir Temur xaqida ma’lumotlar 
yiqqan. Uning to‘plagan materiallari xam xozirgi kunda Venetsiya arxivida 
saqlanmoqda va nashr etilganicha yo‘q. 
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, XIV asrning oxiri - XV asrning 
boshlarida Amir Temur uning saltanati qo‘l ostidagi erlari, qo‘shini, urush olib 
borish uslubiga oid malumotlar nashr etish maqsadida to‘plangan edi. Ma’lumotlar
Evropa qirollari va Rim papasi uchun to‘plangan bo‘lib, asosan maxfiy xarakterga 
ega edi. SHu boisdan bu meterialar asrlar davomida qo‘lyozma xolatida qolib
ketgan. 
Italiyalik tujjor Beltramus de Mignanellining "Temurlang xayoti" asarining 
taqdiri qisman o‘zgachadir. Beltramus uzoq vaqt mobaynida Damashq 
shaxrida yashab, bu erda katta boylik va obru-e’tiborga ega bo‘ladi. Temur 
Damashqni ishg‘ol etganda de Mignanelli bu erda yashardi. U Anqara jangi va 
Smirnani olinishini kuzatgan va o‘rgangan edi. Beltramus de Mignanelli
"Temurlang xayoti" asarini 1416 yilda lotin tilida yozadi. 1764 yilda
asarning Venadagi ilmiy kutubxonada saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi Stefan 
Belizius tomonidan nashr qilingan edi. "Temurlang keyingi xayoti yoki 
Damashq xarobasi" asari garchi Temur yurishidan talafot ko‘rgan tujjor tomonidan
yozilgan bo‘lsada, lekin muallif ko‘p xollarda voqealarni xaqqoniy yoritishga 
erishgan va tarixiy shaxslarga baxo bera olgan. SHuning uchun xam asar
xozirgi kunga qadar o‘z axamiyatini yo‘qotgan emas. 
Temurning xukmronlik davri bilan bog‘lik yana bir muxim tarixiy manba – 
bu ispaniyalik elchi Rui Gonzales de Klavixoning kundaliklaridir. De Klavixo 
1404 yilda Lion va Kastiliya qiroli Genrix III ning topshirig‘i bilan Samarqandga 
keladi. Uning asari "Samarqandga Temur saroyiga sayoxat kundaligi" deb ataladi. 


27 
De Klavixo kundaliklari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism elchilarning 
Samarqandga etib kelishlarigacha yo‘lda ro‘y bergan voqealar, turli mamlakatlar 
tabiati, xalqlarning turmushiga oid mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi 
qismida muallif Kesh va Samarqandda Temur saroylaridagi uchrashuvlarni 
tasvirlaydi.
Mazkur kundalik daftar birinchi marta 1582 yili Sevilya shaxrida «Ulug‘ 
Temurlan tarixi» nomi bilan, so‘ngra 1782 yili Madridda «Ulug‘ Temurlangning 
xayot iva faoliyati» nomida nashr qilingan. Bu asar keyinchalik xam to‘liq yoki 
ayrim parchalar xolida ingliz va boshqa tillarda tarjima qilingan.


28 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin