Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

7.
 
YOZMA MANBALAR
. YOzma manbalar tarixiy manbalarning muhim 
va asosiy qismi hisoblanadi. O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 ming yillikda 
dastlab oromiy yozuvlari, so‘ngra asoslangan so‘g‘d, xorazm va baqtriya yozuvlari 
tarqaldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. 
Qadimgi Fors, So‘g‘d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, eski o‘zbek, rus va 
boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko‘p asrlik tariximizni o‘rganishda muxim 
rol o‘ynaydi. YOzma manbalar qoyalarga, taxta va matolarga, pergament va 
qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat. YOzma manbalar davrlar bo‘yicha 
nixoyatda notekis bo‘lingandir. Eng qadimgi davrlar bo‘yicha yozma manbalar 
nixoyatda oz bo‘lib, keyingi asrlarga oid manblar esa tobora ko‘payib boradi. 
YOzma manbalarning katta qismi son-sanoqsiz jangu jadallar va tabiiy ofatlar 
natijasida nobud bo‘ldi.
Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalarning asosiy qismi milodiy X-XX 
asrlarga mansubdir. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridan yozma 
manbalarning miqdori keskin oshib bordi. Xozirgi kunga kelib yozma xujjatlar shu 
darajada ko‘payib ketdiki, ularni unifikatsiya qilish, axborotni kodlashtirish, 
xujjatlarni saralash va saqlash yo‘llarini takomillashtirish extiyoji tug‘ildi.
Tarixiy manbalarni 7 ta guruhga bo‘lish shartli xarakterga egadir. Masalan, 
etnografik, folklor va lingvistik manbalar yozma shaklda yoki fotoxujjat shaklida 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarixiy manbalar 
guruhi o‘z navbatida yana kichikroq guruhlarga bo‘linishi mumkin. 
2.
 
Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari

Manbashunoslik tarix fanining sho‘‘basi bo‘lib, asosan yozma manbalarni 
o‘rganish va ulardan foydalanishning nazariyasi va uslubiyotini ishlab chiqadi. 
Manbashunoslik tarixiy manbalarni aniqlash, ularni turkumlash, manbalar qachon 
va qaerda vujudga kelganligini, kim tomonidan va nima maqsadda yozilganligini, 
manbalardagi 
ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘laligini aniqlash bilan 
shug‘ullanadi. Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi soxalari, 
jumladan polegrafik, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, arxeografiya, 
numizmatika, metrologiya va xronologiya singari fanlarning qo‘lga kiritgan 
yutuqlariga tayanadi. 
Xozirgi kunga qadar xilma-xil yozma tarixiy manbalarni klassifikatsiya qilish, 
ya’ni turkumlashning yagona tizimi ishlab chiqilganicha yo‘q. Tadqiqotchilar 
orasida manbalarni ularning kelib chiqishi, mazmuni turi va xiliga qarab 
turkumlash odat tusiga kirgan. YOzma tarixiy manbalarni ko‘p xollarda ularning 
turi va xiliga qarab turkumlashadi. YOzma manbalarning xar bir turi ma’lum bir 
mazmun va yo‘nalishdagi xujjatlarni birlashtiradi. Masalan, qonunlar to‘plami, ish 
yuritish xujjatlari, solnomalar, statistik ma’lumotlar, tarixiy asarlar, esdaliklar, 



matbuot materiallari, kundaliklar, maktublar va xokazo. Manbalarning xar bir turi 
o‘z navbatida aloxida xillarga bo‘linishi mumkin. Masalan, qonunlar to‘plami 
odatda quyidagi xujjatlar xillarini o‘z ichiga oladi: konstitutsiyalar, qonunlar 
majmuasi, davlat, oliy organi qarorlari, harbiy ustavlar, xalqaro shartnomalar va 
xakazo.
YOzma manbalarni ilmiy asosda taxlil etish ularning kelib chiqishini, shakli, 
mazmuni, to‘liqligi darajasini, ularda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini va 
ishonarligini aniqlash taqazo etadi. Manbalarning ilmiy tahlili eng avvalo ularning 
tashqi belgilariga qarab tahlil qilishni talab qiladi. Bunday tahlildan asosiy maqsad 
manbaning kelib chiqishini aniqlashdan iboratdir. Tarixiy manbani ichki 
belgilariga qarab tahlil etish esa uning mazmunini, bu manbadagi faktlarning 
tarixiy xaqiqatga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashni, shu asosda mazkur 
manbadan ilmiy maqsadlarda foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini
aniqlashni taqozo etadi. Biron-bir tarixiy manbaning ilmiy taxlili uning 
xaqiqiyligini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun tarixiy manbaning tashqi 
xususiyatlari (yozuvning materiali, siyox, bezaklar) xamda unda keltirilgan 
xronologik va metrologik ma’lumotlarni, til xususiyatlarini, manbada tilga olingan 
tarixiy voqealar, shaxslar va jo‘g‘rofiy atamalarni taxlil etish kerak. Qo‘yilgan 
maqsadga erishish uchun boshqa ko‘makchi tarix fanlari – paleografiya, 
metrologiya, toponimika va xokazo ma’lumotlaridan foydalanish zarur bo‘ladi.
Demak, manbaning xaqiqiyligini aniqlash uchun uning barcha xususiyatlarini 
xisobga olish kerak. Manbaning xaqiqiyligi aniqlangandan so‘ng mazkur 
qo‘lyozma yoki asar tarixiy xujjatning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasi 
ekanligini bilish zarur. Agar qo‘limizdagi asar ko‘chirma bo‘lsa, biz uni qachon 
qaerda va kim tomonidan ko‘chirilganligini, bu ko‘chirma nusxa manbaning asl 
nusxasiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini bilishimiz lozim. SHundan so‘ng 
manbaning matnini o‘qish kerak bo‘ladi.
Buning uchun tadqiqotchi maxsus paleografik bitimlarga ega bo‘lishi zarur.
Tarixiy manbalar bilan ishlashning muhim shartlaridan bir – bu ularning 
yaratilishi sanasini aniqlashdir. Tarixiy manbalarning aksariyati ularning yaratilishi 
sanasi ko‘rsatiladi. Lekin ularning ayrimlarida (ayniqsa to‘liq bo‘lmagan 
qo‘lyozmalarda) manbaning yaratilish sanasi zikr etilgan voqealar va shaxslar, 
xronologik ma’lumotlar asosida mazkur asar yoki xujjatning yozilgan sanasi 
aniqlanadi. Xuddi shunday yo‘l bilan manbaning yozilgan sanasini aniqlash 
mumkin bo‘ladi.
Tadqiqotchining keyingi vazifasi – tarixiy manba muallifining ismi-sharifini 
aniqlashdir. Odatda tarixiy manbalarda muallifning nomi eslatib o‘tiladi. Ba’zi 
xollarda esa uning ismi-sharifi zikr etilmasligi ham mumkin. Bunday xollarda 
manbani diqqat bilan o‘qish, uning mafkuraviy mazmunini, matn xususiyatlarini 
yaxshi bilish muallif xususida ma’lum tasavvurlar berishi mumkin. Muallifning 
shaxsini aniqlash manbaning yaratilishi tarixini, uning yozilishiga sabab bo‘lgan 
ijtimoiy-siyosiy muxitni aniqlash uchun ham zarurdir. 
Xar qanday tarixiy manbaning qiymati unda bayon etilgan voqealarning 
to‘g‘riligi va faktlarning ob’ektivligi bilan belgilanadi. Ayrim manbalar mualliflari 



o‘zlarining ijtimoiy axvoli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘zlari keltirgan tarixiy 
faktlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydilar. Bunday manbashunos-tadqiqotchi 
muallifning xulosalarini tanqidiy taxlil etishi va o‘zining ilmiy asoslangan 
fikrlarini ilgari surishi kerak. Masalan, Temuriylar davrida yashagan va ularning 
saxovatidan baxramand bo‘lgan Mirxond o‘zining «Razvat us-safo» nomli asarida 
Samarqanddagi 1365 yilgi sarbadorlar qo‘zg‘oloniga salbiy baxo berib, ularni 
sarkashlik va yovuzlikda ayblaydi. Bunday xulosani ob’ektiv baxo deb bo‘lmaydi, 
albatta. YOki Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Olimxonning «Buxoro xalqining 
xasrati tarixi» nomli esdaliklarini olaylik. Muallif mazkur esdaliklarda o‘zini 
xukmdor sifatida qilgan ishlarini maqtaydi. Vaxolanki bu amir maqtovga arzigulik 
ishlarni amalga oshirgani yo‘q. Demak, tadqiqotchilar tarixiy manba 
mualliflarining ijtimoiy kelib chiqishlarining xisobga olgan xolda, ularning fikr va 
xulosalariga tanqidiy ruhda yondashishlari kerak bo‘ladi. 
Tarixiy manbalarning to‘liqligi, aniqligi, ishonchliligi ko‘p xollarda 
muallifning voqealardan qay darajada xabardorligiga, uning konkret tarixiy 
ma’lumotlarni yig‘ishi va qayta ishlashi uslublariga bog‘liqdir. SHu boisdan 
muallifning axborot manbalarini aniqlash, uning xizmati, joyi va ijtimoiy 
xolatini xisobga olish, fikr yuritish qobilyatiga baho berish zarur. Muallif tarixiy 
voqelarning guvohi yoki ishtirokchisi bo‘lsa yoki ma’lumotlarni ishonchli 
manbalardan olgan bo‘lsa, uning asarining ilmiy ahamiyati yuqori bo‘ladi. 
Ba’zan muallif o‘z fikrini ochiq bayon qilmaydi. Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z 
fikrini pardali va istiorali iboralar orasiga yashiradi. Bu mumkin bo‘lgan 
tarkiblardan omon qolish yoki senzuraning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lish 
mumkin. Bunday xollarda tadqiqotchi manbadagi pinxona mazmunni oshkor 
qilishga intilmog‘i zarur.
SHuni ham yodda tutish lozimki, biron-bir ilmiy muammoni tadqiq etishda 
bir emas, bir necha turli xarakterdagi tarixiy manbalarga tayanmoq maqsadga 
muvofiqdir. Qancha ko‘p tarixiy manbalardan foydalanilsa, ilmiy asarning 
qiymati shuncha yuqori bo‘ladi. Ilmiy faktlar sistemasi esa o‘rganilayotgan 
xodisa va jarayonlarning ichki mohiyatini anglab etishga, tarixiy taraqqiyotning 
asosiy tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi.
Manbashunoslik fani turli manbalardagi faktlarni bir tizimga solish, ularni 
qayta ishlash va taxlil etishning xilma-xil usullarini ishlab chiqadi. Bu usullar 
(metodlar) bilan biz keyingi ma’ruzalar jarayonida tanishib boramiz. Faqat shuni
ta’kidlab o‘tmoqchimizki, so‘nggi yillarda manbalarni tadqiq etishning bir necha 
xozirgi zamon usullari vujudga keldi. Bu matematik usullar, kompyuterlardan 
foydalanish va boshqa usullardir. Xilma-xil metodlardan oqilona foydalanish 
manbalarni chuqur o‘rganishga va shu asosda teran ilmiy konsepsiyalar 
yaratishga yordam beradi.

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin