84
O`zbekiston tarixi kafedrasi mudiri
:____________t.f.n., dots. S. Hoshimov
2018 yil “___” avgust
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu dastur manbashunoslik va tarixshunoslikning predmeti va ob’ekti,
vazifalari, manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning
turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning
nazariy muammolari, O‘rta Osiyo
tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ko‘rsatib o‘tilgan talaba- yoshlarning
tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish,
tarixni
mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuklaridan va
tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga
ko‘maklashish va o‘zbek davlatchiligi tarixidagi mavjud bo‘lgan dolzarb
masalalarni o‘rganadi.
SHuningdek, “Manbashunoslik va tarixshunoslik’’
fani hakidagi bilimlarni
qaror topshirish, mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan
bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga
qamrab oladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning
vazifasi, predmeti va ob’ekti, tadqiqot va manbalarning
turlarini va tadqiqotlar
natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va
tashqi tahdid qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil
qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning
manbashunoslikdagi va tarixshunoslikdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning
shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq
manbalar haqida umumiy
ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan kichik ilmiy
ishlarida foydalanishni o‘rganishdan iborat.
“Manbashunoslik va tarixshunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida
amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr:
-
manbalarni
turkumlashdagi asosiy tamoyillar,
manbashunoslik
va
tarixshunoslikning rivojlanish boskichlari, tarixshunoslikda
tadkiqotlarnnng tahlil
kilish
usullari,
muammoviy
tarixshunoslik
masalalalari,
tadqiqotlarning
metodologiya masalalari, og‘zaki tarix, muammoviy tarixshunoslik, O‘rta
Osiyoning tarixiga oid manbalar va tadqiqotlar, Mustakillik yillarida
O‘zbekistonda tarix fanidagi tadqiqotlarga haqida
bilishi
kerak;
- talaba O‘rta Osiyo tarixiga oid xorijiy tillardagi
yozma manbalarni tahlil
qilish.O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi tarixiga oid manbalarni o‘rganish,
arab yozuvidagi dastlabki manbalarni tadqiqot ishlariga qo‘llay olish, manba va
tadqiqotlarni mazmuniga ko‘ra guruhlarga bo‘la olish, tadqiqotlarda mavzuning
o‘rganilish darajasini tadqiq qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
kerak;
85
- talaba tarix fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, manbashunoslik va
tarixshunoslikning
predmeti, ob’ekti va vazifalarini farqlay olish, nazariy
manbashunoslik, amaliyotda tarixiy manbalarning va tadqiqotlarning asosiy
turlarini ajrata olish, manbalarni o‘rganish;
aniqlash, tiklash, tahlil qilishga
malakalarga ega bo‘lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: