18
IX asrda yashab o‘tgan eronlik yirik tarixchi va jug‘rofik olim
Balazuriyning "Kitob futux al-buldon" asari arab istilolari tarixi bo‘yicha eng
yaxshi manbalardan biri xisoblanadi. Balazuriy "Kitob ansob al-sharif"
nomli
asarining xam muallifidir.
Yirik ensiklopedist olim Tabariy asli eronlik bo‘lib, ilo xiyot, xadis,
tafsir, fikx va tarix soxasida 10 dan ortiq asar yoz gan. Biz uchun uning
"Tarix ar-rusul va ul-muluk" asari muximdir. Bu asar umumiy tarix tipida
yozilgan bo‘lib o‘zining mukammalligi va faktik materiallarga boyligi bilan
ajralib turadi. Asarda "olamning yaratilishidan" to 912 yilga qadar SHarq
mamlakatlari, shu jumladan O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan
ijtimoiy-siyosiy
voqealar xikoya qilinadi.
Arab manbalari yurtimizning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida nisbatan
to‘liqroq aks etgan muxim manbadir. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr
tarixini o‘rganish uchun g‘oyat muximdir.