Mantiqiy fikrlashga oʻrgatishga oid qiziqarli didaktik oʻyinlar ishlab chiqish



Yüklə 1,6 Mb.
tarix18.01.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#122309
didaktik oʻyinlar N.Abdurahimova 21.30





Mantiqiy fikrlashga oʻrgatishga oid qiziqarli didaktik oʻyinlar ishlab chiqish

1.Birinchi oʻyinimiz ,,Keraklisini topʼʼ deb nomlanadi.


Bunda bir tomoni rasmlar ikkinchi tomoniga esa shu rasmlarga mos ravishda ranglar berilgan boʻladi. Oʻquvchilar qaysi rasm qaysi rang bilan boʻyalishini topishlari kerak boʻladi. Bu oʻyin aniqlik va chaqqonlikni talab qiladi. Bolalar tezroq fikrlab kerakli ranglarni moslaydilar.

2. Bu didaktik oʻyin ,, Jonivorlar oʻyiniʼʼ deb nomlanadi.


Bu oʻyinda jonivorlar va ularning ranglari ikki tomoga ajratib qoʻyiladi. Bolalar ularni oʻz ranglari bilan moslab chiqadilar. Bu oʻyin orqali bolalar koʻplab jonivorlarning tashqi koʻrinishlari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻladilar. Bu oʻyin bolalardan diqqat va mantiqiy fikrlashni talab qiladi

3 . Bu didaktik oʻyin ,, Raqamli savatʼʼ deb nomlanadi.


Bu didaktik oʻyin raqamlarni endi oʻrganishni boshlagan bolalarga raqamlarni oʻrgatishda juda qoʻl keladi. Bolalar qogʻozchalarni raqamlar yozilgan savatchalarga mos ravishda sanab qoʻyib chiqadilar. Oʻqituvchi bitta misol koʻrsatib tushuntirib beradi. Keyin bu oʻyinni bola ongli ravishda oʻzi tushunib barajadi.


4. Bu didaktik oʻyin ,, Insonlar mening tasavvurimdaʼʼ deb nomlanadi.
Bunda inson aʼzolari turli xil rang va oʻlchamlarda boʻlaklarga ajratilgan boʻladi. Bolalar avvaldan tayyorlab qoʻyilgan odam slaketiga boʻlaklarni yopishtirib oʻzlari tassavur qilgan inson qiyofasini yaratishadi. Har bir bolaning qanday inson qiyofasini yaratishi uning mantiqiy fikrlashi, dunyoqarashi va bilimlari yigʻindisiga bogʻliq boʻladi.

5. Bu oʻyinimiz ,,Kim chaqqon-u, kim epchilʼʼ deb nomlanadi.


Bu oʻyinimizda ikkita oʻquvchi oʻzaro bellashadilar. Bu oʻyinning asosiy sharti kim tez va aniq hisoblashidan iborat. Qogʻozga misollar, idishlarga esa shu misollarning javoblari yozilgan boʻladi. Bolalar misollarni ketma-ketlikda hisoblab idishlar bilan ularni yopishadi. Barcha misollarni hisoblab boʻlishganlaridan keyin oʻqituvchi ularni tekshirib chiqadi va yutgan oʻquvchini ragʻbatlantiradi.
6. Bu didaktik oʻyin ,,ranglarni moslangʼʼ deb nomlanadi.
Karton qogʻonlarda ikkitadan doira chizilib ular kesishgan nuqtadan rasmdagidek kvadratlar kesib olinadi. Bu doiralar turli xil rangda boʻyalgan boʻladi. Bunday kartonlardan bir nechta tayyorlab olinadi. Kvadratchalarni ajratib olamiz va aralashtirib bolalar oldiga qoʻyamiz. Bolalar esa qaysi kvadrat qaysi doiralarga tegishli ekanligini topadilar.


7. Bu didaktik oʻyin ,, ayiramiz-ayiramizʼʼ deb nomlanadi.
Bu oʻyinda birinchi qatorga ayriluvchi, ikkinchi qatorga ayiruvchi va uchinchi qatorda ayirmalar yozib qoʻyiladi. Bu oʻyinda oʻqituvchi misollar tuzib beradi. Bolalar esa aniqlik va chaqqonlik bilan sonlarni ayirib ayirmani topadilar. Bu oʻyinda faqat bolalarning ham oʻzlari ishtirok etishlari mumkin, oʻqituvchi esa nazorat qilib turadi. Bunda bir oʻquvchi misol tuzadi, boshqasi bu misolni ishlaydi.


8. Bu oʻyin ,,Aqlli tipratikan ʼʼ deb nomlanadi.
Bu oʻyin raqamlarni endigina oʻrganayotgan bolalarga raqamlarni oʻrgatishda juda qoʻl keladi. Oʻyin shartini oʻqituvchi oʻzi hohlagan usulda tanlashi mumkin.
9. Bu didaktik oʻyin ,, Ajoyib shakllarʼʼ deb nomlanadi.
Shakllar rasmda koʻrsatilganidek tayyorlanadi. Bolalar shakllarni idishchalarga toʻgʻri joylashlari kerak boʻladi. Oʻyinda tezkorlik va chaqqonlik talab qilinadi
10. Bu oʻyin ,, Quvnoq matematikaʼʼ deb nomlanadi.
Bu oʻyinda bolalarning hisoblash tezligi va chaqaloqligi tekshiriladi. Bolalar berilgan misollarni birinchi boʻlib hisoblab javoblar bilan toʻldiradilar.
21.30- guruh talabasi Abdurahimova Nargizaxon
Eʼtiboringiz uchun rahmat 😊👋


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin