Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar


  II BOB. QONUNIYATLARNI TOPISH VA ARIFMETIK



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#118633
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 


50 
II BOB. QONUNIYATLARNI TOPISH VA ARIFMETIK 
HISOB-KITOB TEXNIKASIGA DOIR MASHQLARNI 
YECHISH USULLARI 
 
1-§. QONUNIYATLARNI TOPISHGA DOIR MASHQLARNI 
YECHISH USULLARI 
 
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi matematikadan ta’lim jarayonini 
tashkil etar ekan, o`quvchilar bajara oladigan aqliy operasiyalar: 
taqqoslash, umumlashtirish, klassifikasiyalash(sinflarga ajratish), 
abstraktlashtirish 
va 
konkretlashtirishga 
tayangan 
holda 
o`rganilayotgan ob’ekt, hodisa, vaziyat va jarayonlarning miqdoriy 
xarakteristikalari orasidagi bog`lanishlarni o`rnatib, ularni matematik 
simvollar bilan ifodalaydi. 
Qonuniyatlarni topishga doir mashqlar boshlang`ich sinf 
o`quvchilarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol 
o`ynab, ularni bilish faoliyati samaradorligini orttirishga ijobiy ta’sir 
o`tkazadi. Shuning uchun quyida ana shu turdagi mashqlar va ularni 
yechish usullarini ko`rib o`tamiz. 
1. 
TAQQOSLASHGA DOIR MASHQLAR 
Taqqoslash-o`rganilayotgan ob’yektlarning o`xshashlik yoki 
farqli tomonlarini(xossalarini) fikran ajratish va tafakkurda o`rnatish 
usulidir. Taqqoslash tadqiqot usuli sifatida ob’ektlarga tegishli
matematik xossalarni o`rganish uchungina emas, balki bu xossalarni 
o`rnatishda xam qo`llaniladi. 
Taqqoslash usulini qo`llashda quyidagi talablar bajarilishi zarur: 
1. Bir-biri bilan ma’lum aloqa va bog`lanishlarga ega bo`lgan 
ob’ektlarni taqqoslash mumkin, ya’ni taqqoslash ma’noga 
ega bo`lishi zarur. Ob’ektlarning turli xossalarini ifodalovchi 
miqdorlarni taqqoslash mumkin emas.
2. Taqqoslash reja asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni 
taqqoslash bosqichlari, xossalari aniq belgilanishi zarur.


51 
3. Matematik ob’ektlarni bir xil xossalari bo`yicha taqqoslash 
to`la, 
ya’ni oxirigacha yetkazilgan bo`lishi lozim, ya’ni 
taqqoslanayotgan xossa bo`yicha ob’ektning barcha xossalari tadqiq 
etilishi kerak. 
1-misol. Quyidagi matematik ifodalar berilgan: 1+6 va 3+4.
Ularni o`zaro taqqoslang. 
Yechish: 1) bir xil qo`shish amali bajarilmoqda
2) birinchi qo`shiluvchilar ikkinchi qo`shiluvchilardan kichik; 
3) birinchi qo`shiluvchilar toq sonlar, ikkinchi qo`shiluvchilar 
esa-juft sonlardir; 
4) har bir ifoda ikkita qo`shiluvchidan iborat; 
5) ifodalarning son qiymatlarti teng. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin