27
–3 litr,5 litr va 8 litr suvni oson quyib olish mumkin.
Buning
uchun idishlardan birini yoki ikkalasini to`ldirish etarli.
– 6 litr suvni quyib olish uchun 3 litrli idishni to`ldirib, uni 5 litrli
idishga quyamiz, so`ngra yana 3 litrli idishni to`ldiramiz,
ikkala
idishdagi suv 6 litrni tashkil etadi;
–
2 litr suvni quyib olish uchun 5 litrli idishni to`ldirib,
undan 3 litrli idishga quyamiz.
–
agar, so`ngra 3 litrli idishni to`kib bo`shatib, unga katta
idishdagi 2 litr suvni quysak va 5 litr idishni to`ldirsak, ikkala
idishdagi suv 7 litrni tashkil etadi;
–
4 litr suvni quyib olish uchun 5 litrli idishni to`ldirib, uni 3
litrli idishga quyib va uni to`kib bo`shatib, unga endi katta idishdagi
2 litr suvni quyib, undan so`ng, yana 5 litrli idishni to`ldirib, undan 3
litr idish to`lgunga qadar suv quysak, katta idishda 4 litr suv qoladi.
Ko`rinib turibdiki ushbu yechimlarga tayangan holda bu turdagi
masalalarni yechishda qo`llanilgan
xulosalar zanjirni qurishga
“umumiy” yondoshishni aniqlash qiyinchilik tug`diradi.
Yechimlarni tizimli ya’ni” umumiy” usuldan foydalanib hosil
qilish uchun, quyidagicha ish tutamiz: quyib olinayotgan suvni ko`z
chama bilan emas balki aniq o`lchashni amalga oshiradigan
operatsiyalarni komandalar deb nomlaymiz
va ular uchun quyidagi
qisqartirilgan belgilashlarni kiritamiz:
KT- katta idishni krandan to`ldirish;
kT - kichik idishni krandan to`ldirish;
KB - katta idishdagi suvni chig`anoqqa to`kib, to`la bo`shatish;
kB- kichik idishdagi suvni chig`anoqqa to`kib, to`la bo`shatish;
KkQ- katta idishdan kichik idishga suvni u to`la bo`shaguncha,
yoki kichik idish to`lguncha quyish;
kKQ -kichik idishdan katta idishga quyish;
Endi faqat kT, KB va kKQ operatsiyalarni
bajarish natijasida,
qanday miqdordagi suvni quyib olish mumkinligini aniqlaymiz.
28
Boshlash
kT
kKQ
KT?
КB
kB?
Yo’q
Ha
Yo’q
Ha
Bunda katta idish to`lgan hollarning barchasida kKQ
operatsiyadan keyin, har doim KB operatsiyasi,
kichik idish bo`shatilgan bo`lsa, kT operatsiyasi
agar bir vaqtda ularning ikkalasi bo`lsa, u
holda oldin
KB operatsiyasi har doim
bajariladi.
Bu operatsiyalar ketma-ketligini quyidagi
blok-sxema yordamida ifodalaymiz. (6-rasm)
Sxemada
yana
ikkita
yordamchi
komandalar:
KT ?- katta idish to`lgani yoki yo`qligini
tekshirish(ko`rish);
kB? - kichik idish bo`shatilgani yoki
yo`qligini tekshirish (ko`rish)komandalari mavjud.
6-rasm
Bu komandalar “shartli o`tish” komandalari bo`lib, idishlardagi
suv miqdorini tekshirish
natijasiga tayangan holda, biz shartli
ravishda u yoki bu komandani bajarishga o`tamiz.
Idishlardagi suvning mikdorini
ko`rinishda yozishga kelishib
olamiz, (bu erda X kichik idishdagi esa katta idishdagi suvning
hajmi). Masalan 2:5 yozuv kichik idishda 2 litr, katta idishda esa 5 litr
hajmdagi suv borligini bildiradi. yuqoridagi blok- sxema bo`yicha
idishlardagi suvning miqdori quyidagicha o`zgaradi: 0:0 - 3:0 - 0:3 -
3:3 - 1:5 - 1: 0 - 0:1 - 3:1--0:4 - 3:4 - 2:5 - 2:0 - 0:2 - 3:2 - 0:5
- 0:0, so`ngra esa bu ketma-ketlik to`la qaytariladi. Natijada ikkala
idishdagi suvning birgalikdagi miqdori
quyidagi ketma-ketlikni
tashkil etadi: 0,3,6,1,4,7,2,5,0,3,6,... Demak, ushbu blok-sxema
asosida ish ko`rib, 1 litrdan 7 litrga qadar suvni quyib olish mumkin.
8 litr suvni o`lchash uchun esa, ikkala idishni to`ldirish kerak.
Quyishga doir masalalar yechish haqida ko`nikmalar hosil
qilingach, endi bu turdagi masalalarning ba’zi-birlari
yechimga ega
29
bo`lmasligi haqida tasavvur hosil qilish uchun ushbu masalani
ko`ramiz.
Dostları ilə paylaş: