84
IV BOB. NOSTANDART ARIFMETIK MASALALARNI
YECHISH USULLARI
1-§. NOSTANDART ARIFMETIK MASALALARNI
YORDAMCHI MODEL QO`LLASH USULI BILAN YECHISH
1-masala. 10 m yog`och xoda 5 ta teng bo`lakka bo`lindi. Nechta
kesishlar bajarilganini toping.
Yechish. Ko`p hollarda o`quvchilar 10:5=2 bo`lishni bajarib,
masala yechimini topdik,deb hisoblaydilar
va bu holda kesilgan
g`o`laning 1 qismi uzunligi topilganligini tushunib yetmaydilar.
Ammo masala shartiga ko`ra necha marta kesishlar bajarilganligini
topish kerak. To`g`ri javobni topish
uchun quyidagi sxematik
chizmani yasaymiz.
10 m
2m 2m 2m 2m 2m
Chizmadan, 10 metrli yog`och xodani 5 ta teng bo`lakka bo`lish
uchun 4 ta kesish bajarilishi kerakligini aniqlaymiz.
Demak, berilgan masalani yechishda uning savoli to`g`ri talqin
etilib, grafik modelini qurishda uning 1
qismi uzunligini aniqlash
muhim rol o`ynadi. Modeldan foydalanib,
masala shartiga javob
aniqlandi.
Javob: 4 ta kesish bajarilgan
2-§. NOSTANDART ARIFMETIK MASALALARNI
YORDAMCHI ELEMENT KIRITISH USULI BILAN
YECHISH
1-masala. Arqon 2 bo`lakka: bo`laklaridan biri ikkinchisidan 4
marta uzun qilib qirqildi. Agar bo`laklardan biri ikkinchisidan 18sm
uzun bo`lsa arqonning uzunligini toping?
85
Yechish. Masalaning yordamchi
modelini quyidagi sxema
ko`rinishda quramiz.
18sm
1-bo`lak
2-bo`lak
Ko`rinib turibdiki, arqonning uzunligi 5 ta teng qismlardan tarkib
topgan bo`lib, birinchi bo`lak uzunligi to`rt qismdan, ikkinchi bo`lak
uzunligi bir qismdan iborat. Masala shartiga ko`ra birinchi bo`lak
ikkinchidan 18 sm ga uzun bo`lib, unga (chizmadan ko`rinib turibdi)
uchta teng qismlar to`g`ri keladi. Bundan esa bitta qism uzunligini
topib, so`ngra esa butun arqon uzunligini topish mumkin bo`ladi.
Amallar bo`yicha masala yechimini quyidagicha yozish mumkin:
1) 18:3=6 (sm) arqonning bir qismi uzunligi yoki ikkinchi bo`lak
uzunligi;
2) 6*4=24 (sm) arqonning birinchi bo`lagi uzunligi;
3) 24+6=30 (sm) butun arqon uzunligi.
Ushbu masalaning matemetik modelini boshqacha usulda- sonli
ifoda ko`rinishida quyidagicha yozish mumkin: 18:3+18:3*4 yoki
18:3(4+1).
Har ikkkala ifodaning son qiymati masala yechimi bo`ladi.
Javob: arqon uzunligi 30 sm
Berilgan masalani yechish 3 ta standart
masalalarni yechishga
keltirildi: arqonning ikkinchi bo`lagi uzunligini topish (buning uchun
teng qismlarga bo`lish bajarildi), arqonning birinchi bo`lagi uzunligini
topish(buning uchun uzunlikni songa ko`paytirish bajarildi) va
butun
arqon uzunligini topish(buning uchun ikkita uzunliklar yig`indisi
topildi).
Dostları ilə paylaş: