Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish.
Reja:
Sinfdan tashqari o’qishning ahamiyati. Sinfdan tashqari o’qishni har bir sinfda tashkil etish, uning o’ziga xos tomonlari.
Sinfdan tashqari o’qish darslarini olib borishda o’qituvchi va o’quvchining vazifalari.
Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslarini bog’liqligi.
Bolalar yozuvchilari bilan tanishtirish ular bilan uchrashuvlar o’tkazish. O’tilgan asarlarni sahnalashtirish.
Xulosa.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.