«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə12/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

oshiqi hayron,
diydoriga shaydo.
Bir shuyftadur kokuli mushkinga sunbul,
ham holi parishon,
ham boshida savdo1.
Mustazod janri o`zbek she`riyatida ham mavjud. Bu janrda g’azalnavis shoir Habibiy yaratgan she`rlar ancha shuhrat qozongan.Tojik she`riyatida Lohutiy, Payrov Sulaymoniy, Boqi Rahimzoda va boshqa shoirlar bitgan mustazodlar bu qadimiy janrning yangi namunalaridir.



    1. Mashrab mustazodlarida axloqiy-ta’limiy, falsafiy, ilohiy-irfoniy mavzular talqini.

Mashrabning ko`pchilik g’azallari mustazod, muxammaslari o`ziing hayotiy mavzui va jo’shqinligi, ravon va o`ynoqiligi, xalq qo`shiqlari kabi sodda va samimiyligi, musiqiyligi va ta`sirchanligi bilan tinglovchilar qalbiga tezda yo`l topa biladi, ularga badi­iy zavq baxsh etadi. Aytish kerakki,Shoirana shunday badiiy maho­rat kamolotga ko`tarilishida ham, «ulug’vor soddalik»ka erishuvida ham Alisher Navoiydan ko`p o`rgandi. Sho`x vazn va jarangdor radif — qofiyalarni tanlashda, xalq jonli tilidan o`rinli va unumli foydalanishda Navoiy merosi, uning badiiy mahorati Mashrab uchun o`rnak bo`ldi.
Mashrab hayotiy mazmunni badiiy ifoda etishda katta qobiliyat va yuksak san`atkorlik namoyish etdi. Ko`rinadiki, shoirning lirik qahramoni passiv, taqdirga ko`nikuvchan emas, u aksincha, o`z yoriga etishish uchun, vasl uchun har qanday to`siqlarni bosib o`tishga tayyor. Bunday o`rinlarda lirik qahramon fidoyi oshiq sifatida gavdalanadi, u faqat yorini deydi, uni qo`msaydi, unga intiladi. Ma`shuqasiz hayot u uchun hayot emas, jannat esa unda yori bo`lmas ekan do`zaxning o`zginasidir:
...Ne bo`lg’ay so`z qotib o`tsang meni sargashtaga, dilbar,
Na aylay jannatu hurni, menga shul muddao ermish! (130-bet).
...Bihisht ichra qadam quymam, yo`q esa va`dai vasling
Ki, sensiz menga bu jannat misoli nori so`zondur.
Mashrab adabiyotimiz tarixida ko`p jihatdan o`ziga xos uslub yarata oldi; uning eng yaxshi asarlari yuksak badiiyligi va nafisligi, jushqinligi va nozikligi, o`ynoqiligi va ravonligi, ijobiy ma`noda soddaligi va engilligi bilan ajralib turadi.Shoirinsonning eng murakkab ruhiy holatlarini, uning ichki hissiyotlarini, shodlign va azoblarnni favqulodda yorqin va hayotiy, sodda va lo`nda tasvirlay oladi:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin