«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Har ne istarsan o`zingdin istagil



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə20/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

Har ne istarsan o`zingdin istagil.
Dedi: har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Mashrab - jununsifat shoir. Lekin shunday bo`lsada, uning tafakkuri juda keng. Uning sarson-sargardon yurt kezishi, («bu sanamning vaslini izlashi” ma`shuqasi emas, balki majoziy ma`nodagi oshiqlikdir) uning hamma narsada Haqning tajalliysini, zuhurini izlashidir. Shu bois u chuqur tafakkur qilib insonga, agarki haq uchun, haqiqat uchun yashamoqchi ekansan, nafsga berilma, g’ofil bo`lma, Alloh nomini yodingda tut, shunda sen balolarga giriftor bo`lmaysan, jabru jafo chekmaysan, to`g’ri yursang, el va haq oldida komil inson degan nomga loyiq bo`lasan deydi.
“Valayl” o`qub ishtiyoqim sanga tushubdur, -
Hargiz xabaring yo`q.
Hasratli yurak, dardu malomat vatanim bor, -
Hajring chu yomondur.
Ko`ramizki, Mashrab uchun hayot va ishq yondosh edi. Mashrabni boshqa ko`p ijodkorlardan ajratib turadigan xususiyatlardan biri shundaki, u sevgi tushunchasi, ishq falsafasini chegaralamasdan inosn umrining o`tkinchiligi, o`lim va boqiylik masalalari bilan uyg’un, bir-biriga chuqur aloqador poetik ohanglarda tadqiq va tahlil qilib berdi.
Mashrab yirik mutafakkir edi. Uning g’azallarini, mustazodlarini tafakkur durdonalari, odam va olam haqidagi mushohadalarini she`riyatning, mumtoz adabiyotning nodir javohirlariga tenglashtirgan mashrabshunos olimlar haqdurlar.

IIBOB. MUSTAZOD JANRI TARAQQIYOTIDA MASHRABNING TUTGAN O`RNI
2.1. Mustazodlarning badiiy xususiyatlari
Fitrat birinchilardan bo`lib, Mashrab mustazodlari haqida fikr yuritadi.”Mashrabning eng suygani shakl mustazod shaklidir. Mustazod g’azalning har bir misraidan keyin shul misradagi vaznning ma`lum miqdori qadar so`z ilova qilingan shaklga aytiladir. Adabiyot qoidachilari aksariyat bilan bu shaklni “hazaj” bahridan “maf`uvlu mafoiylu mafoiylu fa`uvlun maf`uvlu fa`uvlun” vaznig’a maxsus deb biladirlar. O`zbek va chig’atoy shoirlari orasida men Mashrab qadar mustazodni ko`p yozg’an bir shoirni uchratmadim”,- deb yozadi Fitrat Mashrab tadqiqotida1.

Bu xasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l,


ul g’unchai xandon,
Ul gul yuzini ishqida men vola-yu hayron
ul zulfi parishon.
Ko`ngilni anglash va uni poklab borish insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki g’uborlardan tozalangan qamish-naydan ruhbaxsh navo taralganidek, pokiza ko`ngilda ham ilohiy ishq, hayotga muhabbat, go`zallikka oshuftalik mujdalari o`sa boshlaydi.
Mashrab she`riyatidagi asosiy g’oyalardan biri insonni o`ziga tanitishdan iborat. U ko`p yurtlar kezib, kishilarning yashash tarzi, tabiatini kuzatib, barcha fojialariga, iztiroblariga sabab ularning nafsi degan xulosaga keladi. Va ibrat sifatida, o`z anglagan dunyo mohiyati borasidagi tasavvurlaridan zamondoshlarini ogoh etish maqsadida qalandarlik yo`lini tanlaydi.
Bir rahm qilib so`rmadi holimni nechuk deb,
ul orazi gulgun,
Yuz va`da qilib bizga vafo aylamadi hech,
ul va`dasi yolg’on.
Mashrab ijodidagi ishq talqini o`ziga xos. U Ibrohim Adham, Mansur Xalloj, Attorni o`ziga g’oyibona pir deb biladi. Ularning yo`lidan boradi. Mansur Xalloj kabi o`tli ishq otashida yonib yashaydi. Bu Ollohga bo`lgan muhabbat. U hayotning, tiriklikning mazmunini shunda ko`radi. Uning asosiy maqsadi Ollohni sevish va u bilan birlashish. Chunki u inosnni g’uborlardjan, vujudiy, nafsoniy qafaslardan faqat shu ishqgina ozod etishiga ishonadi.
Parvona sifat ishq o`tida kuydi bu jonim,
yo`q sabru qarorim.
Ovozai husningki solib, olama g’ulg’ul,
el barchasi hayron.
Shoir tasavvuricha, bunday muhabbatga oshno bo`lmagan ko`ngul haqiqiy go`zallikni his qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Ko`rar ko`zlari xiralashadi. Lirik qahramon ishq o`tida o`zini parvonaga o`xshatadi.
Bir necha mahaldirki ong’a rozi dil aytdim,
devonai Mashrab.
Berahm ekan, kelmadi bir dam qoshim uzra,
ul zolimi davron.
Mashrab she`riyatining, mustazodlarining asosiy maqsadi – inosnlarni mudroqlikdan uyg’otishdir. Bir-biriga muhabbat bilan boqish, bir-birini anglash va bu orqali Ollohni anglashga yo`naltirishdir.
Shoir har bir ko`nglini sirli bir olam deb tushunadi. Insonlarni uni sevishga chaqiradi. Biror dilni og’ritishni, unga ozor berishni yuzlab Ka`bani vayron etishga tenglashtiradi.
Mashrab tasavvuf g’oyalarini targ’ib qiluvchi etuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bo`lishi bilan birga oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon bo`ladi. Uning asarlarida Vatan sog’inchi, ona oldidagi qarzdorlik tuyg’usidan iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini ko`ramiz.
Hazrati Shayx Sa`diy inson hayoti haqida armon bilan mushohada etib, "Qaniydi odamzodga ikki karra umr berilsa. Birinchi marta xatoliklardan, adashishlardan xulosa chiqarib, tajriba o`rganib, ikkinchi marta ko`gildagiday, armonsiz yashasa", degan ekanlar.
Hazrati Alisher Navoiy ham shunga yaqin fikrni bayon etganlar:

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin