Yorab, eshigingda ul gadomen Kim, boshdin oyoqqacha xatomen. Shunday ulkan aql sohiblari, donishmand allomalarimiz ham dunyoning g’alatliklaridan afsus-nadomat chekishgan. Va butun umrlarini yurtdoshlariga to`g’ri yo`l ko`rsatishga bag’ishlashgan. Ularni hushyorlikka, tiyraklikka da`vat etishgan. Boborahim Mashrab ham ana shunday dono ijodkorlardan. Ammo, uning donoligi, dunyoni anglashi o`ziga xos. She`riyatidagi lirik qahramonning ruhi baland. Olam va odam mohiyati, munosabati haqida gapirganda, ishonch bilan qat`iy xulosalar chiqaradi. U ham dunyoning xatolardan, armonlardan, yolg’onlardan iboratligini biladi. Ammo, buShoirlirik qahramonini tushkunlikka tushirmaydi. Chunki, u ana shu xatolar zaminida ishonsa va suyansa bo`ladigan birgina haqiqat borligini ham anglaydi. Bu-Olloh: G’azalda: Bir xudodin o`zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo, Gul agar bo`lsa qulumda, ul tikonni na qailay! Mustazodda: Ul husni jamolingga bu olam chidayolmas,- San xurshidi tobon. Nogah kishi hech shahri vujudingga tusha olmas,- Purfitnayi davron. Demak, Xudoga ishonish, unga muhabbatda bo`lish insonni xatolardan asraydi. Hayotiga go`zal mazmun baxsh etadi. Mukammal axloqli, halol, pok bo`lishga boshlaydi. Mashrab she`riyatidagi asosiy g’oyalardan biri dunyoning o`tkinchi ekanligidir. Hayotda buni anglash juda muhim. Chunki, lahzalik narsalarni g’animat bilish lozim. Mashrab asarlarida shu jahonshumul muammoga katta e`tibor beradi. Insoniyatni g’aflatdan, mudroqlikdan ogoh etadi. Ko`ngillarni tiriklikka, uyg’oqlikka dav`at qiladi.Shoirfikrlari, g’oyalari bilan tanishgan har bir o`quvchi o`zida g’ayrat, kuch-quvvat paydo bo`lganini his etadi. Atrofga, hayotga tiyrakroq ko`z bilan qarashni boshlaydi. SHu jihatdan qaraganda, Mashrab she`riyatining o`lmasligi, umrboqiyligi yanada yaqqol va yorqin ko`rinadi. Mashrab lirikasida «Hurufi hijo», «alif-lom» san`ati.Bu she`riy san`at to`g’risida filologiya fanlari doktori Rahmonqul Orzibekov «O`zbek lirik poeziyasida g’azal va musammat» nomli kitoblarida quyidagilarni yozadilar: «Hurufi hijo she`r yaratish usullaridan biri bo`lib, undagi qoida va atalabga ko`ra she`r yozmokchi bo`lganShoirshakl va mazmunga zarar etkazmagani holda har bir band va misra boshida arab alifbosining ma`lum harfini bir hijo bo`g’in qilib ishlatadi va bu mazkur hijo — xarfdan keyin keladigan so`zning asar bandi yoki misra boshida hijo bo`lgan harf bilan boshlanishini ta`minlashi lozim. Bunday asarlar arab alifbosi soniga mos holda 28 yoki fors-tojik alifbosining 32 harfiga teng misralardan iborat bo`ladi». Arab alifbosidagi harflar 28 ta. Ammo unga lom-alifni qo`shib, 29 ta ham deydilar. Sayyid Imodiddin Nasimiyning 1974 yili Bokuda chop etilgan “Sachilmish asarlar»ida hurufi hijoda yozilgan she`rlari alohida bir janr sifatida “Alif-lom” hamda «ters alifbo» — «lom alif» sarlavhalarida berilgan. «Alif-lom” “a” harfidan «l» harfigacha, «Lom-alif» esa alifboning teskarisi — «l» harfidan “a”gacha bo`lgan harflar demakdir. Lekin arab alifbosi tartibida «lom-alif»dan so`ng “yo” harfi oxirgi harf hisoblanadi. Mashrabda «hurufi hijo»da yozilgan she`rlarning soni to`rtta. Bular g’azal,mustazod, muxammas va masnaviy yullarida yozilgan. G’azalda hurufi hijolarning tartibi kuyidagicha: