Eslatma: Har bir ball bo`yicha aniqlangan ballning tagiga chizib belgilanadi.
DAK raisi: prof. Shermatov A. A’zolari: 1. dots.Haydarov A.A. (rais muovini) 2. prof. Ahmedova Sh.N. (a’zo) 3. dots. To’qsanov Q. (a’zo) 4. dots. Bekova N.(a’zo)
9-iyun, 2017-y.
BuxDU filologiya fakul’teti filologiya va tillarni o`qitish(o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bitiruvchisi Rahimova Shalolaning «Boborahim Mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlili» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining ANNOTATSIYASI Rahimova Shalolaning «Boborahim Mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlili» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi shoir ijodining kam tadqiq etilgan qirralarini yoritishga bag’ishlangan.
Ishda Mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy jihatdan ilmiy o`rganilgan. Shoirning mustazodlari, ularning g’oyaviy-badiiy talqini masalasini shu jihatdan, o`rganish dolzarb vazifalardan biri ekanligi ko`rinadi.
Ishning asosiy maqsadi Boborahim Mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlilini amalga oshirish sanaladi. Buni amalga oshirish uchun Boborahim Mashrab hayot va ijod yo`lini kuzatish, lirikasi haqida mulohazalarni o`rganish; mustazod janri haqida fikr yuritish; Mashrab mustazodlarida axloqiy-ta’limiy, falsafiy, ilohiy-irfoniy mavzular talqini masalasini yoritish; mustazodlarning badiiy xususiyatlarini tadqiq etish; mustazodlarning til xususiyatlari va shoirning badiiy mahoratini ochib berish bitiruv ishi oldida turgan asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Malakaviy bitiruv ishi o`z ichiga olgan masalalar o`zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o`rin olgan ulug’ shoir Mashrab asarlarining, lirikasining badiiy qimmatini belgilab chiqish, mustazodlarining o`ziga xosligini aniqlash va anglashda muhim ahamiyatga egadir. Malakaviy bitiruv ishining qoida va xulosalari umum ta`lim maktablari va o`rta maxsus ta`limda shoir ijodini o`rganishda, shoir mustazodlari, lirikasining to`liq manzarasini ilmiy tasavvur qilish va sharhlashga yordam beradi.