Tushdi savdoi muhabbat boshima, Or etar mardum kelurg’a qoshima. Ko`p muhabbat kuyida qon yig’ladim, Etti iqlim g’arq bo`ldi yoshima. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima...(19-bet). Mashrab lirikasi o`ta ta`sirchandir. Uning g’azallari, muxammas va murabbalari, mustazodlarikitobxonga yangi-yangi his-tuyg’ular baxsh etadi, to`lqinlantiradi. Buning sababi birinchidan, xalqdili va ruhiga mos mazmunida bo`lsa, ikkinchidan, shu mazmunga to`la muvofiq ravishda ularning ayni zamonda shaklan go`zalligida, g’oyat samimiyligi, musiqiyligi va jonliligida, o`ynoqiligi va jarangdorligida, tasviriy vositalarning rang-barangligi hamda tabiiyligida, qisqasi, bir so`z bilan aytganda, badiiy jihatdan ham etukligidadir. Mana bu misralarga nazar tashlaylik: To kiydi qizil o`zini zebo qilayin deb, O`t yoqdi jahon .mulkini g’avg’o qilayin deb. Zebo sanamim gul yuzidin parda ko`tardi, Olam hama ko`z bo`ldi — tamosho qilayin deb...(31-bet). Bu parcha Mashrabning Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so`fiyona hayajonni o`z she`rlarida aks ettirishga qanday uringanini ko`rsatadi. Shoirning asarlariga baho berar ekan, Fitrat uning lirikasi kuchli, uning engil, o`ynoqi va chiroyli g’azallari borligini ta`kidlaydi. Yurub so`rdum tabiblardin: «Bu dardimg’a davo bormu?»