...Ey bodi sabo, turg’ilu sur`at ila borg’il, Jononima etkur, Dilxastalig’im birla salome-yu payome Bisyoru bisyor. Gar sursa kishi: «Kim seni devonavash etti?» Bu so`zni deyurman: «Bir sho`xi pari paykaru zarrina qabos Ham la`li shakarbor». Hajringda hayotimni nisor etsam, ajab yo`q, Mashrabdek bo`lub mast, Bulbulga netong jonini gar qilsa fidoe Ko`rgach gulu gulzor'm1. Mashrab ijodiga xos bo`lgan uslub va badiiy tasviriy vositalar rang-barangligi, o`zining butun fazilatlari bilan uning murabba va muxammaslarida, mustazodlaridaham yuzaga chiqadi. Ayniqsa,shoir mustazodlari bu jihatdan ajralib turadi. Shoirning lirik qahamoni tasavvufiy oshiqlardan farqli ravishda realist, hayotsevar, u er ma`shuqasini istaydi, uning vasliga intiladi. Lirik qahramonning otashin sevgisi, furqatda kuyinishi, yurakni o`rtovchi ohu nolasi mustazodlarda shoir tomonidan nihoyatda ustalik bilan aniq ifodalanadi, uning ichki kechinmalari, azob-uqubatlari o`quvchi ko`zi oldida aniq gavdalanadi. Natijada u oshiqning foje` holatini butun chuqurligi bilan his etadi, to`la-to`kis ishonadi.Masalan: Aytay senga dardu alamim,ofati jonim,- Fikr ayla o`zungga. Devonaligim o`ldi fuzun, yo`qtur ilojim, - Chun Majnuni shaydo. Lirik qahramon oshiqlik ishi “o`lmak ishi”dan ham qattiqligini ta`kidlar ekan, gul ya`ni yor ishqida “diydalaridan” qonlar tomishini aytib, o`zini shaydo bulbulga, parvonaga o`xshatadi: Parvona bo`lub ishq o`tig’a kuysam ajab yo`q,- Qilmangki malomat: Mashrab o`zini etti fido yori uchunkim, - Olam uza rasvo. Bu namunalarda, ayni zamonda, Mashrab mustazodlariga xos bo`lgan romantik ruh ham yaqqol yuzaga chiqadi.Shoirlirik qahramonning chin sevgisini, ma`shuqaga sadoqati va fidoyiligini chizishda romantik tasvirga ham murojaat etdi. Oshiqning sevgilisiga noma yozishi, «ko`ksining dardini toshga bitishi», shamolga (bodga) yolborib yoriga salom etkazishni iltijo etishi mustazodga umumiy romantik kayfiyat bag’ishlaydi. Bunday kayfiyat lirik qahramonning ma`shuqa bilan visol onlarini orziqib kutishi, uning ruxsoriga intiqligi tasvirida ham aniq seziladi: Ko`rgazmadi burqa`sin olib zarra ziyoe,- Ul dilbari makkor. Ey bodi sabo, turg’ilu sur`at bilan borg’il, - Jononima etkur. Lirik qahramon ham yoridan ajralgan. U bunday adolatsiz holatning sababchisi deb davr, falakni, mavjud zamonani tushunadi, undan o`z noroziligini yashirmaydi. Bunday motiv «Bulbuldayinkim faryod etarman» misrasi bilan boshlangan mustazodda ayniqsa yorqin ifodalangan. Bu mustazodda ham romantik ruh aniq seziladi. Lirik qahramon kuyunch va dard bilan «yorga etar kun bormu yoronlar?» deya murojaat etadi; u shunday kunning kelishini istaydiki, bu, umuman, baxtli, ozod kunning, erkin, farovon hayotning orzusi sifatida jaranglaydi; so`roq va undov ohangida o`qiluvchi, har bandda qaytariluvchi bu misra go`yo o`z mazmuninikengaytiradi, ijtimoiylik kasb etadi, oshiq bilan ma`shuqa o`rtasiga g’ovsolgan, ular baxtini toptagan o`sha kun (zamona)ni qoralov mazmunini ham o`zida jamlaydi: