«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek
2.1. Mustazodlarning til xususiyatlari va shoirning mahorati Abdurauf Fitrat “Mashrabning “kuchli bir uslub egasi bo`lg’anini forsiycha, o`zbekcha she`rlarida ko`ra oldik. “Devonayi Mashrab” manqabasida vazn, qofiya va mazmun tomonlaridan tamom buzilg’an bemaza narsalar ham juda ko`bdir” deb yozadi, albatta, ular Mashrabniki emasligini ham ta`kidlaydi.
“Mashrabning tili soddadir. U ko`brak shahar tilining eng takallufsiz uslubida yozadir. “Dur” qo`shimchasining bukun bizda ishlatilgan “r”siz shaklini ko`brak ishlatadir” –deydi Fitrat.
“Mashrabi benavoduman,
Vasling uchun gadoduman”.
Shoirning «Vah, muhabbat ko’yida qon yig`ladim, etti iqlim g`arq bo’ldi yoshima» -azalida mubola-g`uluv qo’llangan. Yoki «Dardu g`am ichra sarg`aydi yuzim, rang bergusidir ul qahraboga» misralarida go`zal tashbehlar qo`llanganini ko`rish mumkin.
Mujgoni xadanging yurakim qildi makone,-
To jo bo`layin deb.
Obod ko`ngil kishvarini buzdi zamone,-
Sahro qilayin deb.
misralari bilan boshlanuvchi mustazodning til xususiyatlariga e`tibor qaaratilsa, undaShoirfors-tojik tildagi so`zlarni juda ko`p ishlatganini ko`ramiz. Masalan, raxnagari, bori garoni, rangi xazone, besaru somon va h.k. Bu xususiyat Mashrab yashagan davr, uning tili, ruhiyati bilan bog’liq hisoblanadi.
Mustazodga quyidagi so`zlar qofiya qilib olingan: makone, zamone, fig’one, qaydi baloe, bayone, rangi xazone, xush nigorone, nishone, nihone.
Shoirning mahorati shundaki, orttirilgan misralarda ham o`sha ohangni, vaznni saqlashga harakat qilgan va bu usul mustazodning go`zal chiqishiga yordam bergan: Sahro qilayin deb, shaydo bo`layin deb, savdo bo`layin deb, tanho o`layin deb, go`y bo`layin deb, sahbo bo`layin deb, ra`no bo`layin deb, ma`vo bo`layin deb, sahro bo`layin deb, oshno bo`layin deb. Ko`rdumki yuzing lola sifat toza bo`lubtur, -
ey naxli murodim,
Ishqingda yuzim bo`ldi ajab rangi xazone,-
Ra`no bo`layin deb.
Abdurauf Fitrat “G’arb turkchasini ham Mashrab tilida ko`rinarlik ta`siri bor” deb yozadilar. Misol tariqasida g’azallaridan namunalar keltiradilar1. “Bukun bizda “bilmaysan”, kelmaysan” shaklida ishlatilgan fe`lning chig’atoychada “bilmon”, “kelmon” shaklida, o`g’uzchada “bilmam”, “kelmam” shaklida ishlatilgani ma`lum. Mashrab esa “bilmaysan” fe`lini “bilmang” shaklida ishlatadir”, deb yozadi Fitrat.
Mashrab ijodida didaktik xususiyatlar kuchli, u insonni poklashga chaqiruvchi asarlar ko`p yozgan: Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo’lmas, Riyozat chekmaguncha, yor vasliga etib bo’lmas”. Mustazodlarida ham shu g’oyalarni ilgari suradi.
Mashrab yor husnini tasvirlar ekan, juda ko`p sifatlashlarni ishlatadi. Masalan, “Shirin suxanu, mohi bashar, huri liqoe” deb boshlanuvchi mustazodni ko`zdan kechirar ekanmiz, unda bunday ta`riflar va o`xshatishlar bisyor ekanligi ko`zga tashlanadi. Shoir yorni shunday sifatlashlar bilan ta`riflaydi: turfa baloe, sho`xi sitamkor, dilbari makkor, sho`xi pari paykar, xurshidi tobon, purfitnayu davron, guli xandon, sham`i diafro`z, ofati davron, jon taxtig’a sulton, qoshlari kamon, xush lahjayi xushxon, dilbari jonon, mohi jahon, sho`xi diloro, ko`zi xumor, zulfi nigor, mahrami jon va h.k.
Mashrab mustazodlarida turli badiiy san`atlarni mohirlik bilan qo`llaydi. Ayniqsa, tashbeh san`ati har bir mustazodda uchraydi. Yorni shoir guli ra`noga, “sen olimu dono”ga, zolimi xunxorga, yuzini oyga, qoshlarini hilolga o`xshatadi.
Bilmamki nechuk zot sani qildi muhayyo,-
ey sham`i dilafro`z.
Naqqosh bu naqshingaki tashbih eta bilmas, -
Go`yo guli xandon.
Mashrabning ko`pchilik mustazodlarida talmeh san`ati mahorat bilan qo`llanilganini ko`ramiz, mustazodlarga shoir ko`pincha Majnun obrazini olib kiradi. Masalan, “Vaslingga etay deb, sanamo, fikri g’amim bor,- bir necha zamondur” deb boshlanuvchi mustazodda bir necha marta Majnun timsoliga murojaat qilingan.
Goh Majnun o`lub dashtu biyobonga chiqarman,
Hamrohlarim ohu.
Goh Layli bo`lub husni latofat chamanim bor,-
Xush gulshani jondur.
Shoir Majnun obrazidan tashqari yana mustazodlarida Jamshid, Bahrom, Muhammad, Mansur, dashtu Xo`tan, Chini Mochin, Hindu Xitoy kabi obrazlar va joy nomlari bilan ishlatilgan talmehlar qo`llangan.
Keyin Mashrabning ko`pchilik mustazodlarida savolu javob san`ati qo`llanganini ko`ramiz:
Bir kecha dedim: “Ey sanamo, qoshima borg’il”, -
Yor aydi: “sabr qil!”
Aydi:”Netayin, yonima, oh, shum raqibim bor, -
Ul bilsa yomondur”.
She`r misralarida ikki shaxs, ko`pincha oshiq bilan mahbuba o`rtasidagi savol-javobni aks ettirish usuli. She`riyatimizda ushbu usuldan ko`p foydalanilgan. Lirik asarlarda savol-javob ko`pincha bir-ikki misrada ifodalanadi. Jumladan, Mashrab ham o`z mustazodlarida ko`pincha shu usulga murojaat qiladi. Masalan, boshqa bir mustazodda:
“Jonimni olur bo`lsang ol!”deb yoniga bordim, -
Kuldi:”nari tur!” deb,
Bexud qilibon boshima savdosini soldi, -
Nolon bo`la qoldim.
Shoir lirik qahramonning chin sevgisini, ma`shuqaga sadoqati va fidoyiligini tasvirlashda romantik tasvirga murojaat etadi. Oshiqning sevgilisiga noma yozishi, unga murojaat qilishi, “ko`ksining dardini toshgsha bitishi”, shamolga yolborib, yoriga salom etkazishni so`rashi mustazodlarga romantik kayfiyat bag’ishlaydi. Bunday kayfiyat lirik qahramonning ma`shuqa bilan visol onlarini orziqib kutishi tasvirida ham aniq seziladi:
Vaslingga etay deb sanamo, fikri g’amim bor,-
Bir necha zamondur....
Vaslingga etay deb yana bul xastayi Mashrab,-
Doim jadal aylar.
Yig’lab yugurub kechavu kunduz talabim bor.-
Ko`ksum to`la qondur.
Mashrab mustazodlarida tansiq as-sifat san`ati mahorat bilan juda ko`p qo`llanilganini ko`rish mumkin:
Ko`rdimki bugun parivashu dilbaru ra`no, - Yo`l uzra shitobon.