Ma`rifat gazetasi 6-sonidag iattestatsiya savollari


) " Mangulikka tatigulik kun" matnida nima ulug'langan?



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə4/18
tarix06.06.2022
ölçüsü37,11 Kb.
#116692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Anora M

3) " Mangulikka tatigulik kun" matnida nima ulug'langan?
Matnda mustaqillik, erk ulug'langan


4)Savod o'rgatish jarayonida o'quvchini o'qishga o'rgatishning kaliti nimada deb hisoblaymiz?
Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’g’in, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
5)O'qish va yozuv malakasi deganda nimani tushunamiz?
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
6) Ichda o'qishning afzalligi nimada?
Afzalliklari:
-bir vaqtning o'zida butun sonf o'quvchilari o'qiydi
-o'quvchilarda asar mazmuni ustida mustaqil ishlash ko'nikmasi takomillashadi.
- o'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarsyonida o'zlashtirish darajasini baholaydi
-ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e'tibor kuchayadi.
7) O'zbekistonning chegara hududlariga qaysi hududlar kiradi?
Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 143 km, Qozog'iston — 2.356,31 km., Qirg'iziston — 1.476,12 km., Tojikiston — 1.283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1.831,49 km ni tashkil etadi.

Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin