Nikel qotishmalarni suyuqlantirishning temperatura intervali 1270— 1300 °C dan (Н65М17Х15В5Л) 1400-1500 °C gacha (ЭИ418, monel va boshqalar) bo‗ladi. Qolipga quyish temperaturasi 1560 °C ga yetadi. Ularni suyuqlantirish texnologiyasi yuqori legirlangan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasiga yaqin bo‗ladi. Shixta bilan birgalikda qoplama flus (masalan, shisha siniqlari) hamda 50% CaO va 50% CaF2 yoki MgF2 aralashmasi yuklanadi; Si va Mn ligaturalar ko‗rinishida kiritiladi. Shixtaning birinchi porsiyasi (qaytgan qotishma, temirtersaklar, nikel va misning bir qismi) suyuqlangandan keyin katod nikeli qismlarga bo‗lib qo‗shiladi. Bunda butun suyuqlantirish davomida metall qalinligi 10—15 mm bo‗lgan flus qatlami bilan qoplangan bo‗lishini diqqat bilan nazorat qilib turiladi. Shixtaning barcha komponentlari suyuqlangandan keyin metallning temperaturasi talab etilgan darajaga yetkaziladi va kompleks oksidsizlantirish jarayoni amalga oshiriladi. Uglerod asosiy oksidsizlantirgich hisoblanadi, u yoxud tarkibida 1,5—2% C bo‗lgan Ni—C ligatura, yoxud grafitning siniq bo‗lakchalari bilan, ya‘ni boshqa oksidsizlantirgichlar bilan kompleks kiritiladi. Uglerod miqdori 0,05—0,1% dan ortmasligi kerak. Uning ortiqcha bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi, chunki qotishmaning mo‗rtligi ortadi. Oksidsizlantirish uchun tarkibida 20% gacha kalsiy bo‗lgan silikokalsiy ishlatilishi ham mumkin. U metall massasidan 0,05—0,1% miqdorda kiritiladi.
Murakkab legirlangan qotishmalarni suyuqlantirib olishda marganes (0,02—0,06%) va magniy (quyim massasidan 0,1—0,2%) ham ishlatilishi mumkin. Oksidsizlantirilgandan keyin metall nikeldan tayyorlangan qorgich bilan aralashtiriladi va bir necha minut saqlab turiladi. So‗ngra shlak tigel yoki kovshga magnezit qo‗shib (suyuqlanma massasidan 0,2% gacha) quyuqlantiriladi va qoliplarga quyiladi. Ba‘zi o‗tga chidamli qotishmalarning mexanik xossalarini yaxshilash va 248 strukturasi mayda donador bo‗lishi uchun ular bor (0,01—0,03%) hamda sirkoniy (0,03—0,1%) qo‗shib modifikatsiya qilinadi. Nikel qotishmalarini vakuumda suyuqlantirish juda afzal ko‗riladi, chunki u tarkibida gazlar va metallmas qo‗shilmalar juda kam bo‗lgan holda yuqori mexanik hamda maxsus xossali qotishmalar olishga imkon beradi. Induksion- vakuum pechda suyuqlantirilganda (3.32- f rasm) yuklash oldidan uning tigeli oldingi suyuqlantirish qoldig‗idan yaxshilab tozalanadi, ta‘mirlanadi va qizdiriladi. Tigelni futerovka qilish uchun o‗tga chidamli magnezit materiallari yoki elektr korund ishlatiladi. Yuqori chastotali pechlarni futerovka qilish uchun tarkibida 80% suyuqlantirilgan magnezit, 8% suyuq shisha va 12% suv bo‗lgan aralashma ishlatiladi. Tigel shixta materiallari bilan ma‘lum ketma- ketlikda, mumkin qadar, zich va keskin zarbasiz yuklanadi. Tigel tubiga avval nikelning mayda bo‗laklari, so‗ngra yirikroq bo‗laklari yuklanadi, keyin kobalt, xrom, volfram va molibden qo‗shiladi. Oson oksidlanadigan va C, Ti, Al, Се, В uchuvchan qo‗shimchalar maxsus dozatorga yuklanadi, undan tigelga uzatiladi. Yuklangandan so‗ng kamera bekitiladi va vakuum- nasos vositasida havo so‗rib olinadi. Vakuum hosil qilingandan keyin, havoni so‗rib olish uchun yuqori darajada vakuum yaratadigan busterli nasos ishga tushiriladi. Talab darajasidagi vakuum olingach, tigel qizdira boshlanadi.
Vakuumda suyuqlantirilganda qotishma, imkon boricha, 1600 °C dan yuqori o‗ta qizdirilmasligi kerak, chunki, aks holda, metall bilan olovbardosh materialning o‗zaro ta‘sirlashish reaksiyasi kuchayadi, bu esa qotishmaning qaytadan qaynashida namoyon bo‗ladi. Shixta to‗la suyuqlangandan va suyuqlanma 1580 — 1600 °C temperaturagacha o‗ta qizdirilgandan keyin oksidsizlantirish uchun dozatordan uglerod beriladi, shundan keyin suyuqlanmaning tempe- raturasi 1380—1400 °C gacha pasaytiriladi va dozatordan aluminiy qo‗shiladi. Oxirida mishmetall tarkibida bo‗ladigan seriy va ligatura ko‗rinishidagi bor kiritiladi. So‗ngra metall 1480—1500 °C gacha qizdiriladi va metall qoliplarga quyiladi.