Davlatlar
|
Maydoni
(ming km²)
|
Aholisi
(mln. kishi)(1995)
|
Poytaxti
|
Angola
|
1246,7
|
11,5
|
Luanda
|
Benin
|
111,6
|
5,4
|
Porto-Novo
|
Botsvana
|
581,5
|
1,5
|
Gaborone
|
Burundi
|
26,8
|
6,4
|
Bujumbura
|
Gabon
|
258,7
|
1,3
|
Librevil
|
Gambiya
|
10,3
|
1,1
|
Banjul
|
Gana
|
230,5
|
17,5
|
Akkra
|
Gvineya
|
245,8
|
6,5
|
Konakri
|
Gvineya-Bisau
|
28,1
|
1,1
|
Bisau
|
Jazoir
|
2381,0
|
28,4
|
Jazoir
|
JAR
|
1221,0
|
43,5
|
Pretoriya
|
Jibuti
|
23,0
|
0,6
|
Jibuti
|
Zambiya
|
743,6
|
9,1
|
Lusaka
|
Zimbabve
|
387,0
|
p,z
|
Xarare
|
Kabo-Verde
|
4,033
|
0,423
|
Praya
|
Kamerun
|
415,0
|
13,5
|
Yaunde
|
Keniya
|
569,6
|
28,3
|
Nayrobi
|
Komor Orollari
|
2,2
|
0,5
|
Moroni
|
Kongo
|
341,0
|
2,5
|
Brazzavil Kongo
|
Kongo Demokratik Respublikasi
|
2267,4
|
44,1
|
Kinshasa
|
Lesoto
|
30,3
|
2,1
|
Maseru
|
Liberiya
|
96,4
|
3,0
|
Monroviya
|
Liviya
|
1759,5
|
5,2
|
Tripoli
|
Mavrikiy
|
2,0
|
1,1
|
Port-Luis
|
Mavritaniya
|
1025,0
|
2,3
|
Nuakshot
|
Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia) Avstraliya materigini qoplovchi davlat. Maydoni — 7 million 692 ming 024 km². Aholisi — 25,8 million kishi (2021). Poytaxti — Kanberra shahri. Avstraliyani gʻarbda Hind okeani, sharq, janub va shimoldan esa Tinch okeani suvlari yuvib turadi. Hududi kattaligi boʻyicha Avstraliya jahonda 6-oʻrinda turadi. Davlatni Buyuk Britaniya qirolichasi nomidan general-gubernator idora etadi. Amaldagi general-gubernator - David Hurley. Bosh vazir: Anthony Albanese. Poytaxti: Kanberra Hudud: 7 692 000 km² Pul birligi: Avstraliya dollari Qiziqarli joylar: Sidney, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida, Gold Coast, Cairns, Byron Bay va Kanberra shahri hisoblanadi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya– Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901-yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan – federatsiya. Davlat boshligʻi – Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati oʻz kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan koʻchib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar boʻlib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil etadi (qarang Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz oʻzbek bor. Rasmiy tili – ingliz tili. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materikning sharqiy va janubi-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining – 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
Maʼmuriy bo‘linishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
№
|
Bayrogʻi
|
Gerbi
|
Maʼmuriy bo‘linish nomi
|
Nomi
|
Maʼmuriy markazi
|
1.
|
|
|
Shtat
|
Viktoriya
|
Melburn
|
2.
|
|
|
Shtat
|
G‘arbiy Avstraliya
|
Pert
|
3.
|
|
|
Shtat
|
Kvinslend
|
Brisben
|
4.
|
|
|
Shtat
|
Yangi Janubiy Uels
|
Sidney
|
5.
|
|
|
Shtat
|
Tasmaniya
|
Xobart
|
6.
|
|
|
Shtat
|
Janubiy Avstraliya
|
Adelaida
|
7.
|
|
|
Hudud
|
Poytaxt hudud
|
Kanberra
|
8.
|
|
|
Hudud
|
Shimoliy hudud
|
Darvin
| Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi boʻlib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelganlar. Yangi qitʼani oʻrganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788-yilda A. Angliya hududi deb eʼlon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qoʻychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo boʻldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851–61) munosabati bilan koʻchib keluvchilar ancha koʻpaydi. Angliya hukumati A.dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854-yildagi Evrika qoʻzgʻoloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855-yilda ularning koʻpchiligiga oʻzini oʻzi boshqarish xuquqini berishga majbur boʻldi. 1901-yil A.dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906-yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qoʻshinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shimoli-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945-yildan Avstraliya– BMT aʼzosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari – liberal va agrar (1975-yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi boʻldi. Faqat 1949-yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983-yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yoʻldan borish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1991-yilda A. bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diploma-tiya munosabatlari oʻrnatilgan. Milliy bayrami – A. kuni (26-yanvar).
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya milliy partiyasi, 1916-yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944-yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891-yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977-yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927-yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya– yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qoʻrgʻoshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi oʻrinda, 106koʻmir, rux, mis, marganes, bugʻdoy, goʻsht eksport qilishda oldingi oʻrinlardan birida turadi.
Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari – kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994–95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi – Gʻarbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Janubiy Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shimoliy hudud)dan qazib olinadi. 1994–95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshkoʻmir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral oʻgʻitlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994–95 yil 6,2 mln. t poʻlat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati koʻproq eksportga (goʻsht, un, qand-shakar, sariyogʻ-pishloq, pivo, vino) moslangan. Toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong – Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya – yirik yer egaligi mamlakati. Foydalaniladigan yerlarning 80% dan ortigʻi yirik yer egalari qoʻlida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Qoʻylar 174 mln., qoramol – 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qoʻychilikning asosiy rayonlari – janubi-sharqiy va janubi-gʻarbiy sohil; sut yetishtiruvchi rayon janubi-sharqiy sohil, goʻsht yetishtiruvchi rayon mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sugʻoriladi. Asosiy ekinlar – bugʻdoy (hosili yiliga oʻrtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, joʻxori, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda oʻrtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. goʻsht, 720 ming t. jun yetishtiradi.
Dostları ilə paylaş: |