Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar joʻrligida raqsga tushib, qoʻshiq aytishdan iborat: cholgʻu asboblari – qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirlaridan yevropacha musiqa rasm boʻla bosh-ladi. 1847-yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari – kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa
Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida koʻchib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qoʻyilgan. 19-asrning 30–40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etildi. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10–30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari koʻmak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.
Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-yilda boshlandi. 70-yillarda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.[1]
Okeaniya — Tinch okeanning markaziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ shahrik. bilan 52°30’ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ.u.lar oraligʻida. Gʻarbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. Okeaniya Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning umumiy maydoni 1,26 mln. km², shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga toʻgʻri keladi.
Okeaniyani, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, Yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa orol va boshqa kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi (Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya, Melaneziya va Yangi Zelandiya orollarining yer yuzasi togʻlik.