Markaziy Osiyo



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə27/38
tarix26.11.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#136279
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
geografiya

Etimologiyasi
AQSh-etimologiyasi qadimgi ingliz-mulatlardan kelib chiqqan.AQSh- katta sivilizatsiyaning markazlaridan biri hisoblanadi.
Ilmiy muassasalari
AQShda ilmiy muassasalarga rahbarlik qiladigan yagona markaz yoʻq. Vashingtondagi AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi (1863-yilda tashkil boʻlgan) fan va texnika masalalari boʻyicha federal hukumatning maslahatchisi hisoblanadi. 1964-yilda alohida Milliy texnika akademiyasi tuzilgan; Kaliforniya Fanlar Akademiyasi (1853), Chikago Fanlar Akademiyasi (1857) mavjud. Barcha ilmiy tadqiqotlarning anchagina qismi universitetlarda olib boriladi. 1965-yilda tashkil etilgan Milliy taʼlim akademiyasi maorif va ped. masalalari bilan shugʻullanadi. Mamlakatda birtalay ixtisoslashgan ilmiy tashkilot va jamiyatlar bor. 10 mingdan ortiq, asosan, xususiy sanoat firmalari, 700 ga yaqin federal hukumat muassasasi ilmiy tadqiqot va tadqiqot-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi. Kongressning ijozati bilan federal hukumat barcha ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarining yarmini pul bilan taʼminlaydi. 1950-yilda Millim ilmiy fond tashki l etildi. Bu muassasa zimmasiga ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishini belgilash, ularni muvofiqlashtirish va pul bilan taʼminlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Fan va texnika masalalari boʻyicha federal kengash prezidentning maxsus yordamchisi boshchiligida hukumat muassasalari bajaradigan tadqiqot ishlarini nazorat qiladi. Davlat muassasalari orasidagi eng yirik fondlar Mudofaa vazirligiga qarashlidir. Bu vazirlik ixtiyorida 100 dan ortiq ilmiy tadqiqot va tajriba ilmiy markazlari bor.
Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi
AQShdagi yirik kundalik gazetalar: „Nyu-York tayms“ („Nyu-York vaqti“, 1851-yildan), „NyuYork deyli nyus“ („Nyu-York kundalik yangiliklari“, 1919-yildan), „Nyu-York post“ („Nyu-York pochtasi“, 1801-yildan), „Vashington post“ („Vashington pochtasi“, 1877-yildan), „Vashington tayms“ („Vashington vaqti“, 1982-yildan), „Uollstrit djornel“ („Uollstrit gazetasi“, 1889-yildan), „Chikago tribyun“ („Chikago minbari“, 1847-yildan), „Los-Anjeles tayms“ („Los-Anjeles vaqti“, 1881 ydan), jurnallar: „Taym“ („Vaqt“, 1923-yildan), „Nyusuik“ („Hafta yangiliklari“, 1933-yildan), „Yunayted steyts nyus end uorld riport“ („Qoʻshma shtatlar yangiliklari va jahonga nazar“, 1933 ydan), „Biznes uik“ („Biznes hafta mobaynida“, 1929-yildan), „Neyshn“ („Xalq“, 1865 ydan), „Demokrat“ (1961 ydan), „Layf“ („Hayot“). Yetakchi axborot agentliklari: Assoshieyted Press (AP; 1848-yilda tashkil etilgan) va YUPI (1958-yilda tashkil etilgan). Birinchi tijorat radiostansiyasi 1920-yilda tashkil etilgan. AQShda 9 mingdan koʻproq radio va IZO telestansiya mavjud. Tajriba telekoʻrsatuvi — 1928-yildan, muntazam telekoʻrsatuv 1941-yildan ishlaydi.[11]

Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin