Geografik joylashuvi Topografiyasi.
Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. Gʻarbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz boʻlib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini togʻlar egallab, qirgʻoq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan.
Koreyaning yer maydoni 222 ming 154 km2 boʻlib, kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiyaga teng. Ushbu maydonning 45.5 % yoki 100 ming km2idan qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etib, Portugaliya, Mojariston yoki Irlandiya maydonicha desa boʻladi.
Tebeksan togʻ zanjiri shaqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar joylashgan.
Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida „Chonji“ deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan.
Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi – bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.
Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.
Iqlimi Seuldan oqib oʻtadigan Cheonggyecheon.
Koreya iqlimi – moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. Bahor qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. Yozda esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boʻy boʻladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qish sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi harorat farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oʻyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat minus 8 °C gacha tushib ketadi.
Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi.
Koreyslarning yil fasllari orasida sevimlisi boʻlgani kuz odamni tetiklashtiradigan havo va musaffo osmonga ega boʻladi. Kuz – hosillarni yigʻishtirish vaqti hamda turli bayram va tarixiy anʼanalarga boy fasl.