Tuproqlari xilma xilligi Issiq va sernam iqlimli orollarda qizil-sariq laterit, togʻlaterit, sariq, qizil va sariq-qoʻngʻir tuproqlar uchraydi. Vulkan kullari yogʻilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda unumdor. Yogʻin kamroq yerlarning tup-rogʻi qizilqoʻngʻir; seryogʻin joylarning tuprogʻi botqoqli tuproq. Oʻsimliklari Paleotropik oblastga mansub. Okeaniya florasi Osiyo, Amerika va Antarktida florasidan shakllangan. Okeaniyada 3 kichik oblast ajratila-di: Malayziya, Gavayi, Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik usimliklar oilalarining koʻpligi xosdir. Epiritlar koʻp. Gavayi oblastchasida ochiq urugʻlilar, fikuslar yoʻq, palmaning bir turi bor, orxideya kam, paporotnik koʻp. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va boshokdoshlar turiga boy. Okeaniyaning sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi orollarida 90% gacha) koʻp. Sharqqa tomon oʻsimlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi. Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi orollarida 1100 tur oʻsimlik oʻsadi.
Oʻsimliklari xilma-xilligi Togʻlarning sernam yon bagʻirlari 300–600 m balandlikkacha butazor va savanna, 1000–1800 m balandlikkacha sernam doim yashil oʻrmon. Shamolga teskari togʻ yon bagʻirlarining etaklari savanna va chala choʻl, yuqorirogʻi kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500m dan baland joylarda doim yashil tropik oʻrmonlar. Marjon orollarda oʻsimlik turlari kam. Atollarda pandanus, kokos palmalari, non daraxti usadi. Lagunalar manfa oʻrmonlari bilan qoplangan. Okeaniyaning tabiiy oʻsimlik qopla-mi inson tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Oʻrmonlar qirqilib plantatsiyalar barpo qilingan.
Hayvonot dunyosi Okeaniyaning kat ta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, Yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar deyarli uchramaydi, ammo qush koʻp. Endemik tur koʻp boʻlsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum qoʻyuvchi va xaltalilar) nisbatan koʻp. Atollarda hayvon turlari juda kam. Okeaniyaga qoramol, qoʻy-echki, quyon, choʻchqa, kalamush, mangusta va h.k.ning olib borilishi uning faunasiga nihoyatda katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Tarixi Okeaniyaning eng qad. aholisi Okeaniyaga bundan 20—30 ming yillar avval Jan.-Sharqiy Osiyodan borib oʻrnashgan. Keyinroq kelgan qabilalarning papuaslar bilan qoʻshilishidan melanezlar paydo boʻlgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida koʻchib borgan. 16-asr boshida Okeaniyada yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida boʻlgan. Yevropaliklar uzoq vaqt Okeaniyaga qiziqmadilar. Koʻpgina orollar yevropaliklarga 18-asrning 2-yarmida maʼlum boʻldi. Okeaniya orollarini dastlab Gʻarbiy Yevropa davlatlari, keyinroq AQSH egallay boshladi. Birinchi jahon urushi (1914—18)dan keyin Okeaniyada siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida Okeaniya urush harakatlari maydoniga aylandi. Okeaniyada rivojlangan davlatlarning harbiy bazalari koʻpaydi. Urushdan keyin Okeaniya xalqlarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy tus oldi. Koʻpgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi.