Markaziy Osiyo


Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə19/38
tarix26.11.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#136279
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
geografiya

Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi
16-asrda Okeaniyaga yevropaliklar borgunga qadar okeaniyalik dengizchilar qoʻshni orollarga koʻchib borib oʻrnashish jarayonida Tinch okeanning jan. qismida eng yaqin suv yoʻllarini oʻzlashtirganlar. Ularning tajribasidan keyinchalik yevropaliklar maʼlum darajada foydalanganlar. Okeaniya orollarining yevropaliklarga maʼlum boʻlishi F. Magellan ekspeditsiya-sidan (1521) boshlandi. 16-asr oxirlarigacha ispan va portugal dengizchi sayyohlari Mikroneziya, Solomon va Melaneziyadagi boshqa orollarni topdilar. 1642—43 yillarda A. Tasman ekspeditsiyasi Yangi Zelandiya, Tonga va Fiji orollarini tadqiq qildi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida ingliz va fransuz dengizchi sayyohlari Okeaniyaning markaziy va sharqiy qismidagi orollarga yetib bordilar. J. Kuk tomonidan Tuamotu, Tonga, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Gavayi orollari, Kuk orollari va boshqa kashf etildi. 19-asrda Okeaniyani tadqiq qilinishiga I. F. Kruzenshtern, Yu. F. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev, O. Ye. Kotsebu, F. P. Litke va boshqa hissa qoʻshdilar. N. N. Mikluxo-Maklay Okeaniyadagi Yangi Gvineya va boshqa orollar aholisining antropologiya va etnografiyasi, xoʻjaligi toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar toʻplagan.
Aholisi
31 mln. kishi (2001, Avstraliya bilan birga). Okeaniyaning tub joy aholisi 4 yirik guruhga boʻlinadi: papuaslar, melanezlar, polinezlar va mikronezlar. Okeaniyaga yevropaliklar kela boshlagan vaqtda (16-asr boshi) u yerda taxminan 3,5 mln. aholi yashar edi. Begunoh oʻldirish, chetdan olib borilgan yuqumli kasalliklar va boshqa natijasida aholi keskin kamaygan. 19-asr oxiri va 20-asr boshiga kelib aholi soni yana tez oʻsa boshladi.

Etnik tarkibi


Okeaniyada irqi, tili, tarixi va madaniyati jihatidan oʻzaro keskin farq qiluvchi xalqlar yashaydi. Ularni son jihatidan 2 qism-ga: mahalliy aholi va koʻchib borgan aholiga boʻlish mumkin. Okeaniyaning mahalliy aholisi polineziya, melaneziya va mikroneziya antropologik tiplarga mansub. Mahalliy aholining bir qismi malay-polinez tillarida, boshqa qismi papua tillarida soʻzlashadi. Papua tillari bir necha guruhlarga boʻli-nadi. Lekin Okeaniya xalqlarining til guruhlari ularning mavjud etnik va madaniyati jihatidan yaqinligiga toʻla muvofiq emas. Etnografik adabiyotlarda ularni koʻpincha tarixi va madaniyati oʻxshash oblastlar boʻyicha guruhlashtiradilar. Okeaniyaning mahalliy boʻlmagan xalqlari ingliz-yangi zelandiyalik, fransuz (Yangi Kaledoniya), amerikalik, yapon va filippinlik (Gavayi orollari), qind (Fiji orollari) va boshqalardan iborat. Diniy jihatdan Okeaniya aholisining koʻpchiligi xristian.[1]


Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin