Tashqi savdosi Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — Amerika dollari.
Madaniyati Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Milliy maorif tizimi mustaqillik uchun urush (1775–83)dan keyin qaror topa boshladi. 1852-yilda Massachusets shtati AQShda birinchi boʻlib majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qildi. AQShdagi koʻpchilik shtatlarda 7-16 yoshdagi bolalar uchun oʻqish majburiyil Oʻrta maktabning turlari koʻp: 3-yillik kichik oʻrta maktab, 6-yillik birlashgan kichik va oʻrta, 4-yillik oʻrta maktab. Barcha variantdagi oʻrta maktablarda oʻqish muddati — 12-yil Oliy taʼlim tizimi universitetlarni, 4-yillik kollejlarni bundan tashqari toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan 2-yillik kichik kollejlarni, hunar va texnika institutlarini oʻz ichiga oladi. Barcha oliy oʻquv yurtlarida taʼlim pulli. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli shahrida), Viskonsin, Michigan, Illinoys, Kornell (Itaka shahrida), Kolumbiya, Prinston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya, Stenford va Massachusets texnologiya institutlari. Yirik kutubxonalari: Kongress kutubxonasi (1800-yil tashkil etilgan), Nodir kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasi, Milliy arxiv kutubxonasi, Milliy tibbiyot kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari, Los-Anjeles (1872-yil tashkil etilgan), Chikago (1872-yil tashkil etilgan), Boston (1852-yil tashkil etilgan), Nyu-York (1895-yil tashkil etilgan) xalq kutubxonalari va boshqa Mashhur muzeylari: AQSh Milliy muzeyi, Havoda uchish va kosmonavtika milliy muzeyi, Nafis sanʼat asarlari milliy kolleksiyasi, Milliy sanʼat galereyasi, Tarix va texnika milliy muzeyi, Milliy portret galereyasi (hammasi Vashingtonda), Hozirgi zamon sanʼat muzeyi, Metropoliten muzey, Amerika tabiatshunoslik tarixi muzeyi (Nyu-Yorkda), Boston nafis sanʼat muzeyi va boshqa