Markaziy Osiyo



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə30/38
tarix26.11.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#136279
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
geografiya

Tasviriy sanʼati
AQShning yerli xalqi — indeyslarning AQShga boshqa mamlakatlardan kelgan xalqlar sanʼatidan farklanuvchi oʻziga xos qadimiy sanʼati bor. Indeyslar sanʼati diniy xarakterdagi yogʻoch haykallar, nAQShli sopol idishlar, guldor matolar, bizon terisiga tushirilgan nAQSh va rasmlar, zebziynatlardan iborat. AQSh yerlari yevropaliklar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan davrdan 18-asr oʻrtalarigacha mahalliy tasviriy sanʼatda (yevropaliklar sanʼati) barokko uslubining soddalashtirilgan shakllari bilan yaratilgan taqlidiy asarlar tarqalgan. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida AQShda rassomlar — G. Styuart, J. Trammbal, T. Salli ijod qildilar. AQSh tasviriy sanʼati rivojida Filadelfiyada tashkil topgan Badiiy akademiyaning (1805) ahamiyati katta boʻldi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida rivojlangan AQSh tasviriy sanʼati 19-asrning 20-50-yillarida tushkunlik davrini boshdan kechirib, 19-asr 2-yarmidan yana yuksaldi. Biron Uoldo, U. Maunt kabi realist rassomlar ijodida xalq turmushini jonli va haqqoniy ifodalashga intilish seziladi. 19-asrning 2-yarmida ijod qilgan va Amerika sanʼatini yuksak darajaga kutargan rassomlar orasida U. Gomer, T. Itkins, J. Uistlerlar alohida oʻrin tutadi. Rassomlik sanʼatining tarkib topishiga T. Nast, haykaltaroshlikka esa O. Sent-Godens hissa qoʻshgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQSh tasviriy sanʼatida impressionizm, simvolizm, modernizm (Ch. Xessem, M. Preidergast) oqimlari paydo boʻldi. 20-asr boshlarida haykaltarosh J. Bernard, rassomlardan J. Pensell, J. Sloan va J. Bellouz kabilar ijod qildilar. AQSh tasviriy sanʼatida rassom R. Kent alohida oʻrin tutadi. R. Kent shimoliy manzaralari va kitob suratkashligining mohir ustasi sifatida jahonga tanilgan. Portretchi I. Olinskiy, amerika xalqi turmushini haqqoniy tasvirlovchi aka-uka R. va M. Soyerlar, haykaltarosh M. Filde kabilar ham mashhur.
Musiqasi
AQSh musiqiy madaniyati Yevropa va Afrikadan olingan musiqiy shakllar, janrlar va uslublar hamda Amerika qitʼasida qadimdan mavjud boʻlgan musiqiy anʼanalar omuxtasi tarzida tarkib topdi. Indeyslarning musiqa madaniyati bir ovozli va pasayib boruvchi ohangli qoʻshiq hamda raqslardan iborat boʻlgan. Amerikaning dastlabki yarim professional musiqachilari — U. Billings, E. Lou, J. Morgan (18-asr oxiri); ular ijodida dastlabki kelgindilarning diniy qoʻshiqlari amerikacha musiqaga xos yangi shaklga kirdi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab AQShga Yevropa mamlakatlaridan musiqachilar, kompozitorlar kelib, Amerika musiqa madaniyati rivojiga hissa qoʻshdilar. Ular simfonik orkestrlar, musiqa oʻquv yurtlari va jamiyatlari, teatrlar tashkil etishdi. 1883-yil Nyu-Yorkda mashhur „Metropoliten opera“ teatri ochildi. Shotlandiyalik Edvard Mak Douell AQSh professional kompozitorlik maktabiga asos soldi. L. Armstrong, B. Gudmen, Dyuk Ellington kabi musiqachilar jaz sanʼatini rivojlantirdilar. Kompozitor va pianinochi Jorj Gershvinning 1935-yilda sahnalashtirilgan „Porgi va Bess“ operasi Amerikaning haqiqiy milliy operasi sifatida musiqa tarixiga kirdi. 20-asr 30-yillarida „Kompozitorlar uyushmasi“ va „Ishchi musiqachilar uyushmasi“ atrofida toʻplangan kompozitorlarning ijodiy faoliyati avj oldi. AQSh kompozitorlaridan — L. Bernstayn, S Barber, J. K. Menotti, U. Shumen, dirijyorlardan — Yu. Ormandi, L. Stokovskiy, pianinochi — V. Klaybern, skripkachilardan — I. Menuxin, Isaak Stern, mashhur negr qoʻshiqchilari — Pol Robson va Marian Anderson, qoʻshiqchi kompozitor Pit Siger, musiqashunoslar — O. Kinkeldi, P. Lang, N. Slominskiy va boshqalarlar AQSh musiqa tarixida salmoqli oʻrin tutadi. Mamlakatda bir necha mashhur orkestrlar, opera teatrlari, yirik musiqa oʻquv yurtlari, maktablari bor. Mashhur skripkachi Isaak Stern, qoʻshiqchi kompozitor Pit Siger, Beni Gudmen rahbarligidagi orkestr va boshqa turli vaqtlarda Oʻzbekistonda gastrodda boʻlgan.
Teatri
Shimoliy Amerika hududida teatr sanʼati boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 17-asrga oid. Oʻsha paytlarda ingliz missionerlari xristianlikni targʻib qilish uchun diniy pyesalarni sahnalashtirar edilar. 18-asrda asosan Angliyadan kelgan teatr guruhlari spektakllar qoʻyishardi. 1716-yilda Uilyamsburgda (Virginiya shtati) birinchi teatr binosi qurildi. Angliyadan kelgan L. Xallem teatri shu binoda faoliyatini boshladi. U Shekspirning „Venetsiyalik savdogar“ pyesasini sahnaga qoʻydi. AQSh professional teatri shu tariqa boshlandi. Uning repertuar asosini ingliz dramaturgiyasi tashkil qilgan edi. 18-asr oxiridan boshlab Amerika dramaturglarining (koʻpincha U. Danlep) asarlari qoʻyiladigan boʻldi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida yirik shaharlarda teatrlar tashkil qilindi: „Park“, „Chetem“, „Baueri“ (Nyu-York), „Chestnat Strit“ (Filadelfiya), „Tremont“ (Boston) va boshqa 19-asr ikkinchi yarmida koʻchma guruhlar hisobiga teatrlar soni ortdi. Bu teatrlarda maʼlum bir pyesani qoʻyish uchun guruh yigʻish, spektaklni foyda bermay qolguncha koʻrsatib, soʻng guruhni tarkatib yuborish va boshqa pyesa hamda guruh izlash, ularda yetakchi oʻrinni egallagan „yulduzlar“dan foydalanish odat tusiga kirgan edi. Bu hol Nyu-Yorkning Brodvey kuchasida joylashgan teatrlarda ham roʻy berdi. 30-yillarda ishchi teatrlari maydonga keldi. 1927-yilda J. Louson va M. Gold „Yangi dramaturglar teatri“ tashkil qilib, „Xoboken Blyuz“ (M. Gold) va „Internatsional“ (J. Louson) kabi asarlarni sahnalashtirdi. Shu-yillarda „Reper-tuarli fuqaro teatri“ va 158 federal teatr ochildi. Ammo iqtisodiy tanazzul natijasida ilgʻor teatrlar birin-ketin yopilib, yana Brodvey teatrlari hukmron boʻlib qoldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin „Brodveydan tashqari“ teatrlar maydonga keldi: „Kriket“, „Grinuich-Myuz“, „Living“, „Sheridan Skver pleyxaus“ va boshqa 1957-yilda NyuYorkda „Brodveydan tashqari“ teatrlar uyushmasi tashkil etildi. 1964-yilda NyuYorkda „Linkoln sanʼat markazi doimiy teatri“ ochildi. 70-yillarda Texas, Kaliforniya, Florida, Rod-Aylend va boshqa shtatlarda mintaqa teatrlari tashkil topdi. Tennessi, Viskonsin, Oklaxoma, Minnesota shtatlarida bolalar teatrlari ishlaydi. 50- 80-yillardagi AQShning yetakchi dramaturglari — A. Miller, T. Uilyame, E. Olbi, J. Gelber, L. Xensberi, J. Boldun, D. Reyb va b; tanikli rejissorlar — J. Papp, E. Kazan, J. Bek, J. Chaykin, P. Shuman, D. Makbet, E. Sherin, D. OʻNil, J. Uord; aktyorlar — R. Stayger, L. Kobb, J. Fonda, J. Xarris, M. Stepplton, S. Puatye, D. Din, D. Jons va boshqa Turli millatlarning ishchi tashkilotlari huzurida havaskorlik toʻgaraklari mavjud. Teatr kadrlari universitetlarning maxsus fakultetlarida, xususiy drama studiyalarida tayyorlanadi.
Kinosi
AQShda kino sanʼati rivojlana boshlashi arafasida, 1893-yilda T. A. Edison „kinetoskop“ni ixtiro qildi. Mamlakatda uch-yildan keyin kino ishlab chiqarish boshlandi. 1908-yildan Hollywood (LosAnjeles yaqinida) AQSh kinematografiyasi markazi boʻlib qoldi. Isteʼdodli rejissor D. U. Griffit yaratgan „Millatning tugʻilishi“ (1915), „Chidab boʻlmaslik“ (1916), „Sindirilgan novdalar“ (1919) kabi tarixiy filmlar mustaqil sanʼat sifatida kinoga asos soldi. L. Gish, R. Bartelmes, M. Pikford, K. Marsh, T. Ins, S.de Mill va boshqa kino sanʼati namoyandalari kinematografiya tarixida oʻchmas iz qol-dirdi. 20-yillarda „Shimoldan kelgan Nanuk“ (rejissor R. Flaerti, 1922), „Janubiy dengizlarning Moanasi“ (rejissor R. Flaerti, 1926), „Ochkoʻzlik“ (rejissor E. Shtrogeym, 1924), „Ulugʻ namoyish“ (rejissor K. Vidor, 1925) kabi filmlar yaratildi. Ovozsiz kino sanʼatida Ch. Chaplin, G. Lloyd, B. Kiton, R. Arbekl, Ch. Konklin kabi kino qiziqchilari yetishib chiqdi. 20-yillarda kino ishlab chiqarish „Metro-Goldvin-Mayer“, „Kolumbiya“, „Paramaunt“, „Uorner Brazers“ degan asosiy kinokompaniyalar ixtiyorida boʻldi. „Rizqi-roʻzimiz“ (rejissor K. Vidor, 1934), „Men surgundan qochganman“ (rejissor Le Roy, 1932), „Gʻazab“ (rejissor F. Lang, 1935), „Jin koʻcha“ (1937) 30-yillarning eng yaxshi filmlaridandir. Ikkinchi jahon urushi-yillarida „Yettinchi xoch“ (rejissor F. Sinneman, 1943), „Shimol yulduzi“ (rejissor L. Maylstoun, 1943), „Moskvaga safar“ (rejissor J. Uorner, 1943) kabi filmlar paydo boʻldi. 50-yillarda Hollywood koʻp seri yal i filmlar chiqara boshladi: „Ben-Gur“, „Spartak“, „Kleopatra“ va boshqa „Nyu-York maktabi“ deb atalgan ilgʻor maktab kinematografchilari „Bauerida“ (1956), „Qayt, Afrika“ (1959), „Oʻqraygan koʻz“, „Soyalar“, „Aloqdchi“ kabi filmlarni yaratdilar. 60-yillardagi AQSh kinofilmlarining eng yaxshilari qatoriga „Bonni va Klayd“ (A. Peni, 1966), „Favqulodda hodisa“ (S. Lyumet, 1967), „Janubning diqqinafas tunida“ (M. Nikole, 1967), „Bitiruvchi“ (1968) kabilar kiradi. 70-80-yillarda koʻngilochar va sarguzasht filmlar, „dahshat“ va „falokat“ filmlari chiqarishga kirishib ketildi. AQSh kinoaktyorlari — B. Lankaster, S. Tresi, M. Brando, G. va D. Fondalar, D. Xofman. AQShda kino sanʼati oʻquv va ilmiy tadqiqot muassasalari, jumladan, Kino sanʼati akademiyasi (1927-yilda asos solingan) bor, u har-yili mamlakat va chet ellarda yaratilgan eng yaxshi filmlarga „Oscar“ mukofotini beradi.

Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin