Markaziy Osiyo


Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə6/38
tarix26.11.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#136279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
geografiya

Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya[1])) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni – 3,3 million km2. Aholisi – 1 428 627 663 kishi (2023). Poytaxti – Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududga boʻlinadi.
  • Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
  • Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom yarim orol shimolda allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda issiq va nam, noyabr- fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70-90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000- 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300-500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubiy da), may oyiniki hamma joyda 28- 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda – G, −8°, iyulda 18-23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.

  • Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 ta milliy bogʻ va 420 dan ortiq qoʻriqxona mavjud. Yirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, „Gullar vodiysi“ (UttarPradesh), Sariska va boshqalar.

  • Yüklə 372,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin