Metafizika –qadimda falsafaning sinonimi; keyinchalik falsafiy tafakkur usulini anglatgan. Unga ko‘ra, harakat va o‘zgarish faqat miqdoriy yoki oddiy fazoviy joy almashish shaklida mavjud bo‘lib, predmetga tashqi ta’sir natijasida amalga oshadi; u ichki qarama-qarshiliklarni narsa va hodisalarning o‘z-o‘zidan harakati manbai sifatida ko‘rmagan.
Metod'>Metafizika
Metaphysics
Metod (yunon. methodos– tadqiqot yo‘li) – voqelikni uning qonuniyatlariga bog‘liq holda amaliy va nazariy o‘zlashtirishni tashkil etish usuli.
Metod
Method
Metodologiya'>Metodika – tadqiqot jarayonida qo‘llaniladigan turli usullar ketma-ketligi va tartibi, majmui; muayyan ilmiy yoki amaliy masalani hal etish usullari va ularning ketma-ketligini aniqlovchi o‘ziga xos taktik reja.
Metodika
technique
Metodologiya (yunon. methodos–tadqiqot yo‘li va logos – fan) – metod haqidagi ta’limot; hodisalarni tahlil etish va baholashga yondoshuv usullarini, bilish va amaliy faoliyat yo‘nalishini belgilab beruvchi ustuvor tamoyillar tizimi.
Metodologiya
Methodology
Me’yor – predmet sifat va miqdoriy jihatlarining dialektik o‘zaro bog‘liqligini anglatuvchi falsafiy kategoriya; predmetning mavjudligini belgilovchi miqdoriy chegara bo‘lib, uning oralig‘ida predmet o‘z sifatini barqaror saqlab turadi.