VLAN tarmog’i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni kichik tarmoqlarga bo’lish mumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. Bitta VLAN tarmog’idagi qurilma Ethernet keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi.
Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog’i kirish va xavfsizlikni ta’minlash siyosatini amalga oshiradi:
Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog’i kirish va xavfsizlikni ta’minlash siyosatini amalga oshiradi:
Xavfsizlik: muhim ma’lumotlarga ega bo’lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;
Xarajatlarni kamaytirish: o’tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog’onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo’lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Axborot texnologiyalari bo’limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog’i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatorni ekspluatatsiyaga kiritishda ko’rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom bilan tarmoqni funktsiyasini tezda aniqlashadi.

Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi: VLAN tarmog’i foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi bo’yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog’onada ishlashni va loyihalashni boshqarish funktsiyalarni ajratilganligi hisobiga sodda tuzilgan. Masalan bunday amaliy topshiriqqa – o’qituvchilarni elektron ta’lim olish uchun ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi.