XCHG almashtirish buyrug‘i. Bu buyruq yordamida ikkita registr yoki registr va xotira yacheykasi o‘rtasida qiymatlar o‘zaro almashtiriladi. Lekin bu buyruq segment registrlari qiymatlarini almashtirishda ishlatilmaydi.
Misollar: XCHG AX, BX ; ikki registr qiymatini
XCHG AL, BH ; almashtirish (so‘z yoki baytlarda)
XCHG WORLD_LOC, DX ; xotira yacheykasi va registrlarning
XCHG DL, BYTE_LOC ; qiymatlarini almashtirish.
Kiritish-chiqarish buyruqlari. Kiritish- chiqarish buyruqlari sistemaning periferik tashqi qurilmalari bilan o‘zaro aloqasi uchun ishlatiladi. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
IN akkumulyator, port
OUT port, akkumulyator
Bunda akkumulyator sifatida –so‘zlar bilan ishlanganda AX registri, baytlarda bo‘lsa, AL registridan foydalaniladi. Port operandi sifatida 0 dan 255 gacha bo‘lgan va 256 qurilmaga mos keluvchi, o‘nlik qiymat bo‘lishi mumkin. Port operandi sifatida DX registrini ishlatish mumkin. Bunda u port nomerini o‘zgartirish imkonini beradi, masalan, kerak bo‘lganda bir xil berilganlarni har xil portlarga uzatish mumkin.
Misollar:
IN AL, 200 ; 200 portdan baytni o‘qish.
IN AL, PORT_ VAL ; o‘zgarmas ko‘rsatayotgan portdan baytni o‘qish
OUT 3OH, AX ; 30N portga so‘zni chiqarish
OUT DX, AX ; so‘zni chiqarish.
Quyida SO‘M uchun tuzilgan prgrammani (1-programma) SO‘M/QV uchun hisoblash samaradorligi oshirish nuqtai nazaridan o‘zgartirilgan varianti keltirilgan
(2-programma).
16-jadval
Satr
|
Adres
|
Nishon
|
Buyruq
|
Operand
|
|
Dostları ilə paylaş: |