ma’ruza mashg’ulotlari 1-ma`ruza. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja



Yüklə 48,9 Kb.
səhifə15/17
tarix11.05.2023
ölçüsü48,9 Kb.
#126702
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1 mavzu

Proektiv metodlar. Proektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan ranglarda beriladi.
Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Rorshax testining Yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varanti E.T. Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni diagnostika qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo‘shimcha metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni qo‘lga kiritadilar.
Proektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqlari, o‘quvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, Shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. SHu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga etkazish talab qilinadi. Masalan,

Proektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi.

Yüklə 48,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin