Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə1/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)


Maruza mashg’ulotlari
23-Mavzu: ChQBT va UTE fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja:
1.Kurs ishining maqsadi, vazifasi va miqdori.
2.Mavzuni tanlash. Adabiyotlarni tanlash va o`rganish.
3.Fakultet o`qituvchilari tomonidan kurs
ishlariga rahbarlik.
Tayanch iboralar: Kurs ishi, maqsad, vazifa, adabiyotlar, tanlash, o‘rganish, himoya qilish, tartib, baho.


Kurs ishining maqsadi, vazifasi va xajmi.
Mavzu tanlash.
Kurs ishining maqsadi - talabalarning olgan bilimlarini mustaqil qo‘llay olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, tartibga solish va mustahkamlash, ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini baholashdan iborat.
Kurs ishi ma’ruzalar (referatlar, uslubiy ishlanma) yoki mashg‘ulotlarda tatbiq qiladigan ta’limning usul va uslublarini birma-bir tasvirlash bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazish rejasidan iborat bo‘lishi kerak.
Xajmi kompyuter yozuvida 14 intervalli 12-15 varaqdan iborat matn bo‘lishi kerak. Kurs ish aniq ravshan xat bilan qo‘l yozma bo‘lishi xam mumkin. Mavzu tanlashga kirishilganda, talaba uning mazmunini tushunib olishi kerak.
Talaba mavzuni bilib olish bilan mavzu qanday tarkibiy qismlardan tashkil topishi kerak ekanligini va ko‘zlangan maqsadini belgilab olishi kerak.
Kurs ishini bajarishda talaba yozilishi kerak bo‘lgan mavzuni, asosiy savollari va boshqa dastlabki ma’lumotlarni tushunib olishi, ishning kalendar rejasini tuzishi, adabiyot, metodik qo‘llanmalarni tanlashi va o‘rganib chiqishi kerak.
Tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyot va metodik qo‘llanmalarni saralash va o‘rganish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- adabiyotlarni tanlash;
- adabiyot materiallari bilan oldindan tanishish, uni baholash tizimga solish;
Adabiyotlarni tanlash va o‘rganish.
Manbalarni tanlab, saralangan adabiyotlarni o‘rganishda, talaba tanishuvni boshqaruv xujjatlaridan, nizom, qoida, ko‘rsatmalar va o‘quv dasturlaridan boshlaydi.
Undan keyin kurs ishining mavzusiga mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan yaqin bo‘lgan boshqa adabiyotlar tanlanib o‘rganiladi. Keraksiz adabiyotlarni chiqarib tashlash maqsadida olingan adabiyotlar bilan tanishib chiqiladi.
Saralab qoldirilgan adabiyotlar sinchiklab o‘rganiladi. kerakli parchalari esa yozib olinib, tartibga solinadi, xar bir manba aniq ko‘rsatiladi.
Manbalar bilan ishlash tanlab olingan materiallarni tartibga solish bilan yakunlanadi.
Kurs ishlarining boshlang‘ich tashkiliy xujjatlari mutaxasislik sikli bo‘yicha ishlab chiqiladigan, fakultetning uslubiy kengashida muhokama qilinadigan va fakultet boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan mavzular majmui hisoblanadi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin