Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə118/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

1. O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.
Fanni o‘rganishda asosiy e`tibor talabalarga mutaxassislik talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining CHQBTni tashkil etish boshqaruv xujjatlarining talablari va mazmunini hamda O‘zbekiston Respublikasi O`OO`MTV, XTV va Mudofaa vazirliklarining fanga oid buyruq va ko‘rsatmalarining talablarini chuqur o‘rgatish; CHQBTning tashkiliy asoslari va o`quv-moddiy bazasi; harbiy qismlarda jismoniy tayorgarlik; xarbiy sport inshoatlari; harbiy xizmat va harbiy ish asoslari; qo`l jangi va uning metodikasi; tibbiy bilim asoslari fan modullari bo`yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar berilishi bilan bir qatorda, bo‘lg‘usi pedagog sifatida o‘quvchi yoshlar bilan etarli pedagogik mahoratda mashg‘ulotlarni tashkil qila oladigan va o‘tkaza oladigan pedagoglarni tayyorlashga qaratiladi.
Chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayorgarlikni tashkil etish va uni o`qitish metodikasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- umumta’lim o‘quv muassasalari va o‘rta maxsus kasb -hunar o‘quv muassasalarida CHQBT fanini o‘qitishning maqsad va vazifalarini, o‘quv muassasa rahbar xodimlari, harbiy rahbar va CHQBT o‘qituvchisi hamda boshqa fanlar o‘qituvchilarining CHQBTni tashkil etish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quv-moddiy bazani barpo etish va takomillashtirish, fan o‘qitilishini to‘g‘ri rejalashtirish asoslarini;
- O‘zbekiston Respublikasining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunlarini, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi, ularni O‘R QK tayyorlash bo‘yicha buyruq va direktivalarini, shuningdek, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisini xuquq va majburiyatlarini, ta’lim muassasalarida yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik xolatini baholashga qo‘yiladigan talablarni;
- harbiy xizmatchilarda jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarni o`quvchi yoshlarda shakllantirish va rivojlantirish usullarini;
- sport inshootlari haqida kerakli bilimni egallash va amalda qo‘llay bilish mahoratini;
- qo’l jangi turlarining qisqacha tarixi, turkumlari, davrlari, pedagogik axamiyati, qo’l jangi turlarining tushunchasini aniqlash, turlarining tasnifi, ularni taxlil qilish, qo’l jangi turlarining tashkil qilish va o’tkazish asoslarini;
- tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish asoslarini bilishlari kerak.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirsh, ta’lim muassasalaridagi CHQBT dasturidagi barcha bo‘limlar bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulotlarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni, axborot texnologiyalarni, faol shakl va uslublarni qo‘llash organizmning turli mushaklari guruhi uchun jismoniy mashqlarni tashkil etish, ularning organizmga ta`siri; «Salomatlik» jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish majmuasi va uning me`yorlari; ta`lim muassasalarida mashg’ulotlarni rejalashtirish va olib borish metodikasi; mashg’ulotlarda yuklamani to’g’ri taqsimlash, jarohatlarning oldini olish va boshqalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Mehnat va QK faxriylari, xaqiqiy harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shagan jangovor xarakatlar qatnashchilari, jangovor tayyorgarlik a’lochilari va tuman (shaxar) mudofaa ishlari bo‘limlari bilan aloqa bog‘lash va ular bilan hamkorlik qilish, yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv-moddiy bazani yaratish, tiklash va takomillashtirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin