Tayanch iboralar:Qurol-yarog‘ va o‘q dorilar, xavfsizlik choralari, avtomat, GP-25 stvol osti granatamyot, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi, ishlash usuli, avtomatni to‘liq va qisman qismlarga ajratish.
Jang, zamonaviy jang, manyovr va uning turlari, marsh, mudofaaga o‘tish xolatlari, hujum - jangda g‘alaba qozonishning asosiy tamoyili sifatida. Maxsus qo‘shin harakatlari.
Harbiy san’at jangni quyidagicha baxolaydi: jang- bu ko’shinlar taktik xarakatining asosiy ko’rinishi bo’lib, urush olib boruvchi tomonlar birlashma, ko’shilma, kism va bo’linmalarining uyushgan qurolli to’knashuvi; kelishilgan vakti, o’rni maksadlari bo’yicha zarba berish, dushmanni yakson qilish (tor-mor etish) maksadida o’t ochish va manyovrlar o’tkazish; muayyan xududda kiska vakt oraligida boshka taktik vazifalarni bajarishdir.
O’t ochar qurol paydo bo’lishidan oldin ko’shinlar jangining asosini sovuk qurol ko’llagan harbiylarning to’knashuvi tashkil etgan.
O’t ochar qurol rivojlanishi kurashayotgan tomonlarga jangni bevosita alokada bo’lmay, lekin undan voz kechmagan xolda masofada olib borishga imkoniyat bergan.
SHunday qilib, jangning fazoviy ko’lami o’sdi va bu xol o’sha davrda harbiy ish va jamiyatning rivojlanishida muxim axamiyat kasb etdi.
Qo’shinlarni avtomat qurollar, artilleriya, tank va aviatsiya bilan ommaviy qurollantirish jang maydonidagi muvaffakiyatga qatnashayotgan bo’linmalar, qismlar va qo’shilmalarning xamjixatligi bilan erishilishiga olib keldi. Jang umumqo’shin jangiga aylandi, uning fazoviy ko’lami yanada o’sdi.
Zamonaviy umumqo’shin jangi harbiylardan zarba berish vositalaridan, harbiy va maxsus texnikadan moxirona foydalanishni, tezlik bilan siljish va uyushkoklikni, o’zining axloqiy va jismoniy kuchlarini mujassamlashtirishni, galabaga erishish uchun kuchli irodani, ka’tiy tartib va jangovar bilim, o’z kuch-gayratiga ishonch, mardlik, matonat, xar qanday sharoitda xam dushman ustidan galaba qozonishga tayyorlik, boshliqlarning o’z qo’l ostidagilarni yaxshi bilishi, ular bilan shaxsan aloqada bo’lishi, ularning xar kungi jangovar xayoti va extiyojlari bilan qiziqishi, ularga nisbatan qattik talabchan bo’lishi, o’z ishining to’griligiga ishonch xosil qildira olishi kerak.
Zamonaviy umumqo’shin jangi yadro quroli yoki boshka qirgin vositalari ishlatilgan xolda xam, fakat oddiy qurol ishlatilgan xolda xam olib borilishi mumkin.
Dushmanda yuqori tayyorlik xolatida turgan yadro quroli va boshka ommaviy kirgin vositalarining mavjudligi qurolli kuchlardan barcha mavjud vositalardan foydalanib, ularni to’xtovsiz izlab topish va bartaraf qilishni talab etadi; ayni paytda ommaviy kirgin qurolidan ximoyalash tadbirlarini o’tkazishni, bunday qurollar ko’llangan sharoitda maxorat bilan jang olib borishni takozo etadi
Dostları ilə paylaş: |