Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Umumqo‘shin jangining asosiy turlari umumqo‘shin jangining asosiy turlari



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə18/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Umumqo‘shin jangining asosiy turlari umumqo‘shin jangining asosiy turlari
Dushman ustidan g’alabani qo’lga kiritishda qo’shinlar turli xil taktik yullardan va harakat usullaridan xamda ularni birga qo’shib turli xil umumlashgan usullarni qo’llaydilar. Ammo jangovar harakatlarning turli-tumanligiga qaramasdan ular asosiy jixatlariga ko’ra turlarga bo’linadi. Bunday jixatlarga jangning maqsadi va unga erishish usullari kiradi. SHunga ko’ra bo’linmalarning jangovar harakatlari xujum va mudofaaga bo’linadi. Xujum - qo’shinlar jangovar harakatining asosiy turi bo’lib, dushman ustidan g’alaba qilishda xal qiluvchi axamiyatga egadir. Faqat hal qiluvchi, yuqori sur’atda va katta chuqurlik ko’lamida o’tkazilgan xujum dushmanni to’liq tor-mor etshishi ta’minlaydi. Qo’shinlarning shid­datli xujumi aviatsiya, artilleriya va boshka talofat yetkazish vositalarining o’t ochish bilan bergan zarbalari natijasidan to’liq foydalanish imkonini beradi. Xujumning maqsadi - qarshi turgan dushmanni turik kuchini tor-mor etish, xayotiy muxim rayonlarni qo’lga kiritishdan iborat. Bu maqsadga aviatsiya, artilleriya va boshqa talofat yetkazish vositalari o’tlari zarbasidan, dushmanning aso­siy grupirovkalarini, ommaviy talofat yetkazish vositalarini yakson qilish yo’li bilan xamda tankchi, motoo’qchi birlashma va bo’linmalarni dushman mudofaasiga shiddat bilan chuqur kirib borishi, o’tishi, uni qismlarga bo’lib tashlashi orqali erishiladi.
Xujum uzluksiz - kunduzi va tunda tuxtovsiz olib boriladi.
Yuzaga kelgan vaziyatga va qo’yilgan vazifaga qarab hujum -mudofaadagi, hujumdagi va chekinayotgan dushmanlarga qarshi olib boriladi:
-mudofaadagi dushmanga hujum, harakat mobaynida yoki bevosita to’qnashish xolatida amalga oshiriladi;
-xujumga o’tgan dushmanga qarshi xujum to’qnashuv jangi qilish orqali amalga oshiriladi;
-chekinayotgan (ortga qaytgan) dushmanga hujum ular­ni ta’qib etish orqali amalga oshiriladi.
Mudofaa - jangovar harakat turi bo’lib, hujum qilishni iloji yo’q yoki hujum maqsadga muvofiq bo’lmagan xolatlarda, hamda bir yo’nalishdagi kuch va vositalarni iqtisod qilib, boshqa muxim yo’nalishdagi hujumni ta’minlash kerak bo’lgan xolatda qo’llaniladi.
Mudofaa kuch va vositalarni o’t bilan keng manyovr qilishga, ularni o’t ochish zarbalariga va dushman huju­mi extimoli kutilayotgan yo’nalishlardagi muxim rayon­larni ushlab qolishga va o’sha yerlardan qarshi hujum qilishga asoslanadi;
Mudofaa dushman bilan bevosita tuqnashish xavfi bo’lganda va to’qnashish xavfi yo’q bo’lganda hamda ol­dindan yoki jang mobaynida tashkil etilishi mumkin. Qo’shinlarni mudofaaga o’tganda ko’p uchraydigan va xammasidan ko’ra qiyin usuli - dushman bilan bevosita to’qnashish xolatidan mudofaaga o’tishdir. Bu usul kuchlar nisbati ortiq bo’lgan dushman qarshi hujumini qaytarishda, qo’lga kiritilgan xududlar yoki marralarni mustaxkamlash uchun, hujumdagi jamlangan kuchlarning qanotlarini mustaxkamligini ta’minlash uchun va qarshi xujum natijasida muvaffakiyatsizlikka uchraganda qo’llaniladi.
Dushman bilan bevosita to’qnashmagan sharoitda mu­dofaaga o’tish urushning dastlabki davrida, shuningdek, hujumga o’tish ko’zda tutilmagan yo’nalishlarda asosiy kuchlarni hujumga o’tishi va jangovar tartibi jamlanib, harakatlanishini ta’minlash uchun, hamda hujumda ikkinchi eshelonda harakatlanganda yoki zaxirada qo’lla­niladi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin