Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Portlaydigan va portlamaydigan muhandislik to‘siqlari



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə29/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Portlaydigan va portlamaydigan muhandislik to‘siqlari.
Dushmanning yuqori aniqlikda uruvchi qurolidan niqoblanish va himoyalanish bo’yicha muhandislik tadbirlarini amalga oshirish tabeldagi niqoblash komplektlari va qoplamalarini o’z vaqtida hamda mohirona qo’llash, qurol-aslaha va texnikani tevarak-atrof foniga moslab bo’yash, mahalliy materiallardan yopuvchi niqoblar, qalbaki issiqlik nishon (tuzoq) lari, qalbaki inshootlar, tayanch punktlari va boshqa ob’ektlar maketlari o’rnatish bilan ifodalanadi. Zirhli texnikalarning issiqlik chiqaruvchi yuzalari ustida qo’shimcha ravishda to’siqlar, issiqlik nurini yoyuvchi ekranlar va soyabonlar o’rnatiladi. Ko’rsatib o’tilgan barcha tadbirlar joyning niqoblash xususiyatlaridan to’liq foydalanish bilan amalga oshiriladi.
Muhandislik to’siqlari jangning barcha turlarida dushmanga talofat yetkazish, uning harakatlanishi va manyovrini siqib qo’yish maqsadida o’rnatiladi. To’siqlar bilan, odatda tayanch punktlari, bo’linmalar orasidagi ochiq joylar va uzilishlar, shuningdek, ularning ochiq qolgan qanotlari yopiladi. Buning uchun tankka va piyodalarga qarshi mina maydonlari, mina guruhlari va alohida minalar o’rnatiladi, ob’ektlar buzishga tayyorlanadi, sim devorlar va to’rlar, ayrilar hamda boshqa portlamaydigan to’siqlar o’rnatiladi.
Muhandislik to’siqlari bevosita batalon (vzvod) bo’linmalari tomonidan, shuningdek, batalon ixtiyoriga berilgan muhandislik qo’shinlari bo’linmalari tomonidan o’rnatiladi.
To’siqlarda va vayronalarda o’tish yo’llari barpo etish va qarash, to’siqlar orqali o’tish va joyni minasizlantirish batalon (vzvod) kuchlari, ular ixtiyoriga berilgan muhandislik qo’shinlari bo’linmalarining jangovar va muhandislik texnikasi osma (o’rnatilgan) qurilmalari, portlovchi moddalar zaryadlari va mahalliy materiallar yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan turib o’rnatilgan mina maydonlari razvedka qilingan yo’nalishlar bo’yicha aylanib o’tiladi, buning imkoni bo’lmaganda esa mina trallari vositasida, (vzvod) larning to’siqsizlantirish (minasizlantirish) guruhlari barpo etgan o’tish yo’llaridan o’tiladi.
to’siqsizlantirish guruhi ixtiyoriga berilgan muhandislik qo’shinlari bo’linmalaridan tuziladi, lozim bo’lsa, umumqo’shin bo’linmalari bilan kuchaytiriladi.
Vzvodda minasizlantirish guruhi maxsus tayyorlangan sektsiya (raschyot, ekipaj) tarkibidan tayinlanadi. U tashib yuriluvchi minasizlantirish komplekti va portlatish zaryadlari bilan ta’minlanadi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin