Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə34/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish.
Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish Oldindan tayyorlagan sxemadan foydalanib o‘quvchilarga joyni kuzatish va mahalliy predmetlarni o‘rganish tartibi tushuntiriladi. Dushmanni faqat o‘ta xushyorlik, sergaklik va tinimsiz kuzatish orqali ilg‘ash mumkinligini o‘quvchilarga uqtiriladi. Keyin joy maketidan foydalanib o‘quvchilarga mahalliy predmetlarni ko‘zdan kechirish tartibi haqida tushunchalar beriladi. Kuzatish sektori uzoqligi bo‘yicha 3 ta zonaga bo‘linadi: yaqin zona 400-500 metr; o‘rta zona 1000 metrgacha; olis zona – ko‘rinish imkonining chegarasigacha. Zona chegarali joylarida yaqqol ko‘rinib turadigan mo‘ljallar bo‘yicha belgilanadi. Joyni ko‘zdan kechirish yaqin zonadan boshlanadi. Bunda chapdan o‘ngga qarab kuzatiladi. YAkin zonani kuzatib bo‘lingach, shu tartibda qolgan zonalar kuzatiladi. Dushmanni niqoblanishini oshkora qilib qo‘yadigan belgilarga qarab ilg‘ab olish mumkin. Bunga zanjir va g‘ildirak izlari, so‘qmoqlar, bosilgan barg va maysalar, tutunlar misol bo‘la oladi. Nishonlarni mo‘ljal larga nisbatan holatini kuzatuvchi ko‘zchama qilib yoki optik uskunalar yordamida aniqlaydi. O‘kuvchilar mashg‘ulot raxbari yordamida nishonni aniqlashgach, zudlik bilan komandirga doklad qilinishini, karta yoki sxemaga belgilanishi va kuzatish jurnaliga qayd etilishi shartligini bilishlari kerak. O‘quvchilarga doklad qilish va kuzatish natijalarini qayd etish jurnalidagi shaklini daftarlariga yozib olishlari tavsiya etiladi.
Dozor (dastlabki kuzatuv). Razvedkachilarning faoliyati haqida tushuncha. Askarning dozorchi sifatida faoliyati.
Ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilar razvedkada kuzatuvchining xatti-xarakatlarini bajaradilar. Mashg‘ulot raxbari o‘quvchilar seksiya tarkibida kuzatuvchining xarakatlarini bajarishlaridan oldin ularga qisqacha qilib razvedka qanday tashkil qilinishi to‘g‘risida quydagilarni etkazadi: razvedka dozoriga tayinlangan seksiya komandiri razvedga yo‘nalishi, razvedkani bashlanish vaqti, o‘zi va o‘rinbosarining joyini, dushman xaqida ma’lumot beradigan ko‘rsatmalarni beradi. O‘quv savolini o‘rgatish metodikasi taktik-saf mashg‘ulotlaridagi kabi askarning jangdagi xarakatlari o‘qitilishi bo‘yicha olib boriladi. Kuzatuvchining roli va xarakatlarini o‘rganilishida o‘quvchilarning asosiy e’tiborini kuzatuv va o‘t ochish uchun eng qulay joyni tezlik bilan tanlay olishlariga va kuzatuv natijalari xaqida aniq ma’lumot berilishi shart ekanligiga qaratilishi lozim. Dozor xarakatlarini mashq qilishda mashg‘ulot raxbari o‘quvchilarda dushman xarakatlarini oldindan ko‘ra olish va ular bilan duch kelinganda qa’tiiy xarakat qilish qobilyatlarini rivojlantirishni ko‘zda tutilishi kerak.
Atrofni va joylardagi narsalarni ko‘zdan kechirish tartibi. Dushmanning kichik guruhlari bilan duch kelganda dozorchinig faoliyati. Mashg‘ulot raxbari o‘quvchilar bilan o‘quv qo‘llanma va quruqlikdagi qo‘shinlarning jangovor nizomi qoidalariga muvofiq dozorning xarakatlanish tartibini, seksiya komandiri bilan a’loqasini, jarliklarni, o‘rmonlarni, aholi yashaydigan punktlarni, qir-adir va va tog‘lik joylarni, ko‘prik, daryo va boshqa joylarni kuzdan kechirish bo‘yicha dozor majburiyatlarini oydinlashtiradi. Bu joyda mashg‘ulot raxbari o‘quvchilarga aniq xarakat va usullarni ko‘rsatadi. Nazorat savollari bilan o‘quvchilarni sinovdan o‘tkazib, ularning o‘quv materialini tushunishlariga amin bo‘lgandan so‘ng mashg‘ulot raxbariga o‘quvchilar bilan taktik vaziyatni chamalab ko‘rishni amalda qo‘llab ko‘radi masalan: vazifa yuklatilgan dozor razvedkachi – yo‘nalish bo‘yicha piyoda xarakatlanayotgan (yo‘nalish joylar ko‘rsatiladi) dushmanning sonini, tarkibi va faoliyatini aniqlash tavsiya etiladi. Dastlabki xolatda seksiya komandiri (mashg‘ulot raxbari) dushmanni aniqlash uchun oldinga va dozor razvedkasi xarakat yo‘nalishi tomoniga bir juft razvedkachi dozorni tayinlaydi va ularga kerakli vazifalar qo‘yiladi, vazifalar qo‘yilishida xarakat yo‘nalishi, uzoqlashish masofasi, joy va joylardagi buyumlarni ko‘zdan kechirish va xarakat tartibi, shuningdek, komandir bilan aloqa uchun bog‘lanish yo‘llari ko‘rsatiladi. Tayinlangan razvedkachi dozorlarni vazifani tushunganliklarini tekshirib ko‘rib seksiya komandiri (mashg‘ulot raxbari) qo‘yilgan vazifani bajarishga kirishishlari uchun buyruq beradi. Razvedkachi dozorlarning xarakatlarini baxolashda mashg‘ulot raxbari o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato va to‘g‘ri bajarilgan usullarni ko‘rsatadi. Mashg‘ulot raxbari vaqti-vaqti bilan «To‘xta» komandasini berib razvedkachi dozorlarni o‘rnini almashtirib turadi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1.Razvedka qilish usullari.
2.Jang maydonini kuzatish.
3Askarning kuzatuvchi sifatida faoliyati.
4.Kuzatuvchi va uning vazifasi.
5. Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish.
6.Dozor (dastlabki kuzatuv).
7 .Razvedkachilarning faoliyati haqida tushuncha.
8Askarning dozorchi sifatida faoliyati.
9.Joylarda xaritasiz chamalash mavzusidagi mashg‘ulotlarga hozirlik ko‘rish va uni olib borish uslubiyoti.



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin