Kurs ishlariga fakultet o‘qituvchilarining rahbarlik qilishi. Talabalarga yordam ko‘rsatish uchun fakultet o‘qituvchilaridan maslahatchilar ajratiladi, maslahat berish individual tartibda amalga oshiriladi.
Bu kurs ishlarining yozilishini yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Talabaning yutug‘i va kamchiliklarini bilgan xolda o‘qituvchi mavjud bo‘sh joylarini to‘ldirish uchun yordam ko‘rsatadi.
O‘qituvchi kurs ishini yozilishidan avval mavzu savollari bo‘yicha metodik qo‘llanma va adabiyotlar to‘g‘ri tanlanganiga va talaba tomonidan mavzu to‘g‘ri tushunilganligiga ishonch xosil qilishi kerak bo‘ladi.
Savollarni bir-biri bilan mantiqiy bog‘lash orqali o‘qituvchi talabaning kurs ishi savollarini mustaqil bayon eta olishi uchun uni kerakli bir to‘xtamga olib keladi.
Nazariy mavzulardagi kurs ishlari odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- kirish.
- 2-4 savol (masala)
- yakun.
Kurs ishi o‘z so‘zlari bilan yoziladi. Material oddiy tushunarli bayon etilishi, sxema, rasmlar bilan bezatilishi, nizom, ko‘rsatma, buyruqlar bandlari, namunalar bilan tushuntirilishi, zaruriyat bo‘lsa xisob - kitoblar bilan yozilishi kerak.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Bundan keyin o‘quv savollari mazmuni bayon etiladi.
Har bir savol bayoni hulosa bilan yakunlanishi, namuna va tushuntirishlarsiz bo‘lishi kerak.
Xulosada mavzu qoidalarini qaytarish mumkin emas. Xulosada muallifning mavzu bo‘yicha bajarilgan ishlarning ahamyati va tahlil qilinib tavsiya va takliflari beriladi. Kurs ishi quyidagi tartibda yoziladi:
Muqova (titul varog‘i)
Topshiriq
Kurs ishi bajarish kalendar rejasi
Kurs ishi rejasi
Kurs ishi mazmuni
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilova
Kurs ishi kalendar rejasining namunasi. «Tasdiqlayman»
Ta’lim muassasasi direktori
________________________
(imzo, familiya) «_____»________2007 y.
KALENDAR REJA
CHQBT uslubiyoti fani bo‘yicha kurs ishi.
Bajaruvchi: 4 - kurs 41- gurux talabasi YUsupaliev A.