Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Pedagogik amaliyotni boshqarish, tashkil etish,o‘tkazish. Talabalarni o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga tayyorlash



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə42/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Pedagogik amaliyotni boshqarish, tashkil etish,o‘tkazish. Talabalarni o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga tayyorlash.
Talabalarning harbiy rahbar, CHTO‘ vazifasidagi amaliyoti pedagogik amaliyot dasturiga ko‘ra xamkorlikda olib boriladi va tashkil etiladi va o‘z ichiga: harbiy fakultet, jismoniy tarbiya fakultetsi va ta’lim muassasasalaridagi ishlarga aniqlik kiritadigan konferensiyani o‘tkazishni oladi.
Harbiy va jismoniy tarbiya fakultetsidagi tayyorgarlik ishlari quyidagi ishlarni ko‘rib chiqadi:
- Universitet rektori va ta’lim muassasalari direktorlari o‘rtasidagi pedagogik amaliyot o‘tkazish maqsadida shartnomalarini tuzish uchun ta’lim muassasalari ichidan eng ma’qullarini tanlash.
- Pedagogik amaliyot o‘tkazish xaqida harbiy fakultet boshlig‘i va institut rektori buyruqlari loyixasini tayyorlash xamda pedagogik amaliyotchilar guruxiga rahbar etiib uslubchi ofitserlarni tayinlash;
- konferensiya o‘tkazish va tayyorlash rejasini ishlab chiqish;
- moliyaviy muammolar echimini topish.
Talabalarning harbiy rahbar, CHTO‘ vazifasida pedagogik amaliyot boshlanishiga qadar bo‘lgan vaqning 3-4 xaftasi ichida harbiy fakultetning buyrug‘i tuziladi. Buyruqda:
- harbiy fakultet tomonidan biriktirilgan o‘qituvchi, pedagogik amaliyot rahbarlari;
- pedagogik amaliyot uchun jo‘natiladigan talabalar guruxi va ta’lim muassasasi;
- talabalarning katta guruxlari;
- konferensiyani o‘tkazish joyi va muddati;
- Amaliyotchi talabalarning pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobot berish va himoya qilish tartibi, pedagogik amaliyot vaqtidagi tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan boshqa muxim tadbirlar xaqida xisobot berish tartibi.

Talabalarni pedagogik amaliyotga tayyorlash.


Talabalar o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan tanishishga ta’lim muassasasiga yuborilishi mumkin. Talabalarning mustaqil ishlari qoida bo‘yicha, harbiy fakultetda uslubchi-ofitser boshchiligida mustaqil tayyorgarlik tayyorgarlik soatlarida olib boriladi va III-IV kurslar uchun fakultetda mavjud bo‘lgan alohida umumiy topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.Ular quydagilardir:
- tavsiya etilgan adabiyot va qo‘llanmalarni, shuningdek, CHQBT dasturi, ayniqsa dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak bo‘lgan bo‘limlarini o‘rganish;
- fakultetda CHQBT uslubiyoti bo‘yicha talabalar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarning reja-konspektlarini ko‘rib chiqish. Asosan amaliyot mobaynida o‘tiladiganlarini.
- TTV dan foydalanishni amaliy mashq qilish;
- talabalarni avvalgi o‘quv yilidagi eng yaxshi xisobot xujjatlari bilan tanishtirish.
Talabalarni pedagogik amaliyotga tayyorlashda pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasining o‘ziga xos tomonlari hisobga olinadi.
Yo‘riqli-uslubiy mashg‘ulotlarda va mustaqil tayyorgarlik soatlarida talabalar harbiy rahbar va o‘qituvchilarining mashg‘ulotlardagi va sinfdan tashqari ishlarni olib borishdagi o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini va fe’l-atvorlarni o‘zlari uchun oydinlashtirib anglab oladilar.
Amaliyotchi talabalarni darsga tayyorlashning asosiy bosqichlari:

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin