Umumqo‘shin janginig tavsifi, uning maqsadi. Jangning xususiyati va uning olib borilishi avvalambor moddiy asosga, ya’ni qurol-aslaxa, jangovar texnika va ularni ishlatadigan insonlarga boglik.
Yangi kurash vositalarining katta kudratiga karamay, inson baribir birinchi asos bo’lib qoladi. Usiz xar qanday texnika va qirgin vositalari foydasiz bo’lib, qurolli kurash umuman ma’noga ega emas.
Harbiy san’atning rivojlanishi o’tgan urushlarda qo’llanilgan kurash vositalaridan farkli zamonaviy kurashish vositalarining paydo bo’lishi va jo’shkin rivojlanishi bilan, armiyani butunlay motorlashtirish bilan, jadal mexanizatsiyalash, xamda ko’shinlarda radioelektronika vositalarini joriy qilish bilan keskin ajralib turadi.
Dushmanni yengishda eng asosiy va kuchli vosita yadro qurolidir. Undan moxirona foydalanish qisqa vaqt ichida yuqori samaradorlik bilan dushmanning ommaviy qirgin vositalarini yo’q qilishga, unga katta talofat yetkazishga, inshootlar va boshqa ob’ektlarni vayron qilishga, radioaktiv zararlanish maydonlarini, vayrona, o’t ketish va suv bosish maydonlarini xosil qilishga, xamda qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga va insonlarga kuchli ruxiy ta’sir o’tkazishga imkon yaratiladi.
U kutilmaganda, oddiy qurol bilan ko’shilib, kuchli o’q yogdirgan xolda ko’llaniladi. Yadro quroliga xar xil ko’rinishdagi yadroviy o’q-dorilar va ularni mo’ljalga yetkazib beruvchi vositalar kiradi.
Umumqo‘shin jangining asosiy turlari umumqo‘shin jangining asosiy turlari Xujumning maqsadi - qarshi turgan dushmanni turik kuchini tor-mor etish, xayotiy muxim rayonlarni qo’lga kiritishdan iborat. Bu maqsadga aviatsiya, artilleriya va boshqa talofat yetkazish vositalari o’tlari zarbasidan, dushmanning asosiy grupirovkalarini, ommaviy talofat yetkazish vositalarini yakson qilish yo’li bilan xamda tankchi, motoo’qchi birlashma va bo’linmalarni dushman mudofaasiga shiddat bilan chuqur kirib borishi, o’tishi, uni qismlarga bo’lib tashlashi orqali erishiladi.
Xujum uzluksiz - kunduzi va tunda tuxtovsiz olib boriladi.
.
Mudofaa - jangovar harakat turi bo’lib, hujum qilishni iloji yo’q yoki hujum maqsadga muvofiq bo’lmagan xolatlarda, hamda bir yo’nalishdagi kuch va vositalarni iqtisod qilib, boshqa muxim yo’nalishdagi hujumni ta’minlash kerak bo’lgan xolatda qo’llaniladi.