Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Dushmanni erdan va xavodan ko‘zatish uchun ko‘zatuvchilar tayinlanadi. Eshituv - razvedka usullaridan biri bo‘lib, dushman bilan bevosita to‘qnash kelish xolatida va dushman orkdsida razvedka olib borganda keng qo‘llaniladi.
Pistirma - razvedka usullaridan biri bo‘lib, u barcha jang turlarida, razvedka dozori, jangovar razvedka dozori, dozordagi seksiya (tank) hamda maxsus tayinlangan guruxlar tomonidan qo‘llaniladi.
Qidiruv - razvedka qilish usullaridan biri xisoblanib, motoo‘qchi (tog’-o’qchi, desantchi-shturmchi) guruh yoki shtatdagi razvedka bo‘linmalari (tank guruhi kddiruv o‘tkazmaydi, chunki kidiruv piyoda xolatda o‘tkaziladi) tomonidan qo‘llaniladi.
Qidiruv o‘tqazishga tayinlangan guruh, to‘siq, qo‘yish va razvedka vositalari bo‘lgan sapyor bo‘linmalari bilan kuchaytiriladi hamda artilleriya va minomyot o‘tlari
bilan qo‘llab turiladi.
Qidiruv dushman joylashgan xududlar ichkarisida, o‘z bo‘linmalarimiz oldingi chizig‘i oldida, kupincha tunda va ko‘rinish cheklangan paytlarda o‘tkaziladi.
Qidiruv - oldindan belgilangan dushman ob’ektiga yashirincha kirib kelib, to‘satdan xujum qilish va xujjatlar, kurol-aslax;a namunalari, jangovar texnika va asirlarni qo‘lga kiritishdan iborat.
Qidiruv xujumga o‘tishdan oldin ham, mudofaada faoliyat kursatayotganda ham o‘tkaziladi.
Qidiruv o‘tqazish uchun kuchaytarilgan motouqchi guruh tarkibida uchta guruh ( guruhcha) tuziladi:
- yo‘l ochish guruhi - asosan sapyorlardan iborat bo‘ladi, kidiruv o‘tkazadigan shahsiy tarkibga to‘siq, va g‘ovlardan o‘tishini ta’minlaydi;
- xujum guruhi - kidiruv ob’ektidagi qo‘lga olish ishlarini amalga oshiradi.
Bu guruhga tashabbuskor, jismonan bakuvvat va botir askarlar olinadi;
- o‘t bilan ta’minot guruhi ular xujum guruhi harakatlarini o‘t bilan panalab turadilar.
Guruhing kddiruv o‘tqazish uchun tayyorgarlik kurishi nafakat dushmandan, balki o‘z qo‘shinlarimizdan ham sir to‘tiladi.
Tayyorgarlik kurish uchun vaqt yuzaga kelgan vaziyatga qarab bir kundan besh ko‘ngacha bulishi mumkin.
Qidiruvni tashkil etishdagi asosiy ish puxta tayyorgarlik kurishdan iborat bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
guruh komandiri vaqtga qarab, qidiruv ob’ekta va uning ostonalarini kechayu-kunduz ko‘zatishni tashkil etadi.
kuzatuvni guruhiing barcha shahsiy tarkibi va berilgan bo‘linmalar shahsiy tarkibi, guruhii kidiruvda qo‘llovchi artilleriya, minamyot bo‘linmalari komandirilari navbatma-navbat olib boradilar;
qidiruv ob’ektidagi kechasi va kunduzgi faoliyat tartibini o‘rganish, aniqlash uchun ko‘zatuv vaqtida ko‘zatuv jurnaliga qanday mayda-chuyda xolatlar ham vaqti kursatilib yozib boriladi;
qidiruv ob’ektini bir kunlik to‘liq, kun tartibi aniqdangach, guruh, komandiri o‘z qo‘shinlarimiz joylashgan xududdan dushman ob’ektini aynan o‘ziga o‘xshash ob’ekt tanlaydi.
qidiruv ob’ekta maketida guruh komandiri oldin kunduzi, keyin kechasi xar bir guruh, har bir askar bilan taktik - saf mashguloti uslubida amaliy mashqlar o‘tadi, guruh, ichida berilgan va qo‘llovchi bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish tartibi amalda ko‘rib chiqiladi.
Guruh komandiri va uning o‘rinbosarlari (guruh kattalari) qaysi uchastkalarga (nishonlarga) o‘t ochish tayyorlanganligini, o‘t ochishni chaqirish, o‘t ochishni kuchirish va to‘xtatish signallarini bilishlari shart.
Komandir tunda guruxni qidiruv davomida yorug‘lik signallari, tovush orkali, tortilgan iplar yordamida boshqaradi.
Bosqin ko‘p jixatdan kidiruvga o‘xshash, farqi shuki, u dozorga yuborgan komandir ruxsati bilan, RD tomonidan razvedka olib borilayotganda o‘tkaziladi.