Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə58/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish.
Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish Oldindan tayyorlagan sxemadan foydalanib o‘quvchilarga joyni kuzatish va mahalliy predmetlarni o‘rganish tartibi tushuntiriladi. Dushmanni faqat o‘ta xushyorlik, sergaklik va tinimsiz kuzatish orqali ilg‘ash mumkinligini o‘quvchilarga uqtiriladi. Keyin joy maketidan foydalanib o‘quvchilarga mahalliy predmetlarni ko‘zdan kechirish tartibi haqida tushunchalar beriladi. Kuzatish sektori uzoqligi bo‘yicha 3 ta zonaga bo‘linadi: yaqin zona 400-500 metr; o‘rta zona 1000 metrgacha; olis zona – ko‘rinish imkonining chegarasigacha.


Dozor (dastlabki kuzatuv). Razvedkachilarning faoliyati haqida tushuncha. Askarning dozorchi sifatida faoliyati.
Ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilar razvedkada kuzatuvchining xatti-xarakatlarini bajaradilar. Mashg‘ulot raxbari o‘quvchilar seksiya tarkibida kuzatuvchining xarakatlarini bajarishlaridan oldin ularga qisqacha qilib razvedka qanday tashkil qilinishi to‘g‘risida quydagilarni etkazadi: razvedka dozoriga tayinlangan seksiya komandiri razvedga yo‘nalishi, razvedkani bashlanish vaqti, o‘zi va o‘rinbosarining joyini, dushman xaqida ma’lumot beradigan ko‘rsatmalarni beradi. O‘quv savolini o‘rgatish metodikasi taktik-saf mashg‘ulotlaridagi kabi askarning jangdagi xarakatlari o‘qitilishi bo‘yicha olib boriladi. Kuzatuvchining roli va xarakatlarini o‘rganilishida o‘quvchilarning asosiy e’tiborini kuzatuv va o‘t ochish uchun eng qulay joyni tezlik bilan tanlay olishlariga va kuzatuv natijalari xaqida aniq ma’lumot berilishi shart ekanligiga qaratilishi lozim. Dozor xarakatlarini mashq qilishda mashg‘ulot raxbari o‘quvchilarda dushman xarakatlarini oldindan ko‘ra olish va ular bilan duch kelinganda qa’tiiy xarakat qilish qobilyatlarini rivojlantirishni ko‘zda tutilishi kerak.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:


1.Razvedka qilish usullari.
2.Jang maydonini kuzatish.
3.Askarning kuzatuvchi sifatida faoliyati.
4.Kuzatuvchi va uning vazifasi.
5.Joylarni o‘rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish. 6.Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish.
7.Dozor (dastlabki kuzatuv).
8.Razvedkachilarning faoliyati haqida tushuncha.
9.Askarning dozorchi sifatida faoliyati.


ADABIYOTLAR

  1. “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.

  2. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.

  3. A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,

  4. O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.

  5. B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin