Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Pedagogik amaliyotni boshqarish, tashkil etish,o‘tkazish. Talabalarni o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga tayyorlash



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə7/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Pedagogik amaliyotni boshqarish, tashkil etish,o‘tkazish. Talabalarni o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tishga tayyorlash.
Talabalarning harbiy rahbar, CHTO‘ vazifasidagi amaliyoti pedagogik amaliyot dasturiga ko‘ra xamkorlikda olib boriladi va tashkil etiladi va o‘z ichiga: harbiy fakultet, jismoniy tarbiya fakultetsi va ta’lim muassasasalaridagi ishlarga aniqlik kiritadigan konferensiyani o‘tkazishni oladi.
Harbiy va jismoniy tarbiya fakultetsidagi tayyorgarlik ishlari quyidagi ishlarni ko‘rib chiqadi:
- Universitet rektori va ta’lim muassasalari direktorlari o‘rtasidagi pedagogik amaliyot o‘tkazish maqsadida shartnomalarini tuzish uchun ta’lim muassasalari ichidan eng ma’qullarini tanlash.
- Pedagogik amaliyot o‘tkazish xaqida harbiy fakultet boshlig‘i va institut rektori buyruqlari loyixasini tayyorlash xamda pedagogik amaliyotchilar guruxiga rahbar etiib uslubchi ofitserlarni tayinlash;
- konferensiya o‘tkazish va tayyorlash rejasini ishlab chiqish;
- moliyaviy muammolar echimini topish.
Ta’lim muassasalarini tanlashda birinchi navbatda amaliyotchilar bilan bevosita ishlaydigan harbiy rahbar, CHTO‘ning shaxsiy sifatlariga va tayyorgarlik darajasiga va ta’lim muassasasining o‘quv-moddiy bazasining ahvoliga e’tibor beriladi. Tanlangan muassasalar ro‘yxati mart-aprel oylarida universitetning o‘quv bo‘limiga topshiriladi. Ta’lim muassasasining ma’muriyati va o‘qituvchilari bilan harbiy fakultet o‘rtasida a’loqani yaxshi ta’minlash uchun bir necha yillarga tayanch oliy o‘quv yurtiga biriktirib oxir oqibatda pedagogik amaliyot sifatini oshirishga erishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talabalarning harbiy rahbar, CHTO‘ vazifasida pedagogik amaliyot boshlanishiga qadar bo‘lgan vaqning 3-4 xaftasi ichida harbiy fakultetning buyrug‘i tuziladi. Buyruqda:
- harbiy fakultet tomonidan biriktirilgan o‘qituvchi, pedagogik amaliyot rahbarlari;
- pedagogik amaliyot uchun jo‘natiladigan talabalar guruxi va ta’lim muassasasi;
- talabalarning katta guruxlari;
- konferensiyani o‘tkazish joyi va muddati;
- Amaliyotchi talabalarning pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobot berish va himoya qilish tartibi, pedagogik amaliyot vaqtidagi tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan boshqa muxim tadbirlar xaqida xisobot berish tartibi.
Buyruq harbiy fakultetning shaxsiy tarkibiga va amaliyotchi talabalarga etkaziladi. Talabalar ta’lim muassasasining CHQBT bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkaziladigan xar bir sinflari soniga to‘g‘ri keladigan hisobda yuboriladi.
Amaliyot rahbari yo‘qligida gurux sardori tartib va tashkiliy ishlarga boshchilik qiladi. Fakultet boshlig‘i pedagogik amaliyot rahbarlari, uslubchi-ofitser bilan pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha boshqaruv xujjatlari asoslarini o‘rganuvchi uslubiy-ko‘rsatmali mashg‘ulotlari olib boradi va pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Pedagogik amaliyot o‘tkazish uchun uslubiy xujjatlar mazmuni, pedagogik amaliyotga yuborish, talabalarning individual topshiriqlarining mazmuni fakultet majlisida aniqlanadi.
Pedagogik amaliyot boshlanishigacha o‘n kundan kechikmasdan amaliyotchi guruxlarning uslubchi-ofitser rahbarlari tashkiliy muammolarni xal qilish uchun o‘quv muassasalariga tashrif buyurishadi.
Olingan ma’lumotlarga asoslanib direktor amaliyotchilarni qabul qilish va pedagogik jamoaga tanishtirish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatinig vazifalarini, ta’lim muassasalarida olib boriladigan tayyorgarlik ishlarini, harbiy rahbar, CHTO‘ bo‘yicha amaliyotchilar guruxi tarkibini, amaliyotga yuborilgan talabalarning umumiy topshiriqlarini, talabalar bilan ishlashda harbiy rahbar, CHTO‘larga beriladigan uslubiy tavsiyalarning mazmunini va boshqa xujjatlarni aniqlaydi.
Harbiy rahbar, CHTO‘ dastur bo‘yicha o‘zi o‘tkazadigan ko‘rgazmali va talabalar o‘tkazadigan mashg‘ulotlarni va amaliyotchilarni tadbirlarning qaysi birlarida ishtirok etishlarini va kaysi birlarini o‘zlari mustaqil o‘tkazishlarini belgilab biriktirilgan sinflarni taqsimlaydi. Talabalarning individual vazifalarini bajarish tartibini ishlab chiqadi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin